Kuchli jamoa qurish uchun yillar kerak – Katanes

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaGlavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Srechko Katanes
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Srechko Katanes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi shvedlarga qarshi kechgan o‘yin fikrlarini bildirdi.
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes boshchiligidagi ilk o‘yinini Shvetsiyaga qarshi o‘tkazdi.
Stokgolmda kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida “oq bo‘rilar” 1:2 hisobda shvedlarga mag‘lub bo‘ldi.
O‘yindan keyin bosh murabbiy Srechko Katanes uchrashuv haqida fikr bildirib, ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Eng avvalo, Shvetsiya terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi taassurotimga keladigan bo‘lsak, O‘zbekistonga kelganimga hali ko‘p bo‘lmadi. Umuman olganda, bugungi o‘yindan qoniqdim. Biz yaxshi o‘ynadik, lekin xatolarimiz ham bo‘ldi. Bu albatta normal holat. Sababi, tarkibimizda yosh o‘yinchilar ko‘p edi”, - dedi u.
Katanes Shvetsiyaning katta turnirlar tajribasi borligiga to‘xtaldi va bu uchrashuv O‘zbekiston jamoasi uchun katta tajriba bo‘lgan. Shvetsiyadek jismoniy jihatdan kuchli raqibga qarshi o‘ynash oson emas.
“Men natijadan vahimaga tushmayapman. Sababi, asosiy vazifamiz yoshlarga imkoniyat berib, ularni sinab olish edi, busiz iloji yo‘q, chunki biz o‘sishimiz kerak. O‘zingizga ma’lum, kuchli jamoa qurish uchun yillar kerak. Umid qilaman, hamma o‘z ustida ishlaydi va to‘xtab qolmaydi”, - deya xulosa qildi Katanes.
Eslatib o‘tamiz, sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes bilan 27-avgust kuni shartnoma imzolangan edi. Unga ko‘ra Katanes 2025-yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2021
Srechko Katanes boshchiligidagi ilk o‘yinda “oq bo‘rilar” kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0