https://oz.sputniknews.uz/20211009/hokim-yordamchisi-lavozimiga-ochiq-tanlov-elon-qilindi-asosiy-vazifalar-20835802.html
“Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov e’lon qilindi: asosiy vazifalar
“Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov e’lon qilindi: asosiy vazifalar
Sputnik O‘zbekiston
“Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov e’lon qildi. 09.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-09T10:07+0500
2021-10-09T10:07+0500
2021-10-09T10:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sirdaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0a/17485681_23:0:1273:703_1920x0_80_0_0_160c7080c2dc99ba5167eb8cb0f70ebb.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Guliston shahar hokimligi 24 ta mahallada “Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov e’lon qildi.“Endilikda “mahallabay” ishlash tizimini keyingi bochqichga olib chiqish mahallaning o‘zida turib, barcha masalalarni hal qilish choralarini ko‘rish faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida respublikada ilk marotaba tajriba tariqasida “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy etilmoqda”, - deyilgan e’londa.Oylik maosh kamida 4 million so‘m.Asosiy talablar: har bir mahallaga oliy ma’lumotli, iqtisodiyot sohasida kamida 2-yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, mahallaning shart-sharoitini yaxshi biladigan, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tajribasiga ega bo‘lishi lozim.“Hokim yordamchisi”ning asosiy vazifalari:— “Xonadonbay” so‘rovlar o‘tkazish orqali mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish “portreti”ni ishlab chiqish;— Mahallaning ixtisoslashuvi va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqqan holda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rish, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish, ishga joylashish istagini bildirgan ishsizlarni bandligini ta’minlash va aholini o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish;— “Ijtimoiy shartnoma” tizimi orqali tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar ajratish;— Tadbirkorlik subyektlarining biznes loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, mavjud muammolarini “mijozbay” o‘rganish hamda hal etish orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud instrument va resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish;— Hududiy va investitsiya dasturlariga takliflar ishlab chiqish hamda mahallaning rivojlanishiga doir dasturlar ijrosini nazorat (monitoring) qilish;
https://oz.sputniknews.uz/20210930/hokimiyat-vakiliga-qarshilik-korsatganlik-uchun-javobgarlik-kuchaytiriladi-20712390.html
https://oz.sputniknews.uz/20210920/har-bir-viloyat-hokimligi-100-nafar-xotin-qizlar-kontraktini-tolab-beradi-20571750.html
o‘zbekiston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0a/17485681_179:0:1116:703_1920x0_80_0_0_13c0c86f6ec6be5ff3183bbef113cf19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, sirdaryo
jamiyat, o‘zbekiston, sirdaryo
“Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov e’lon qilindi: asosiy vazifalar
10:07 09.10.2021 (yangilandi: 10:12 09.10.2021) “Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov e’lon qildi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Guliston shahar hokimligi 24 ta mahallada “Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov
e’lon qildi.
“Endilikda “mahallabay” ishlash tizimini keyingi bochqichga olib chiqish mahallaning o‘zida turib, barcha masalalarni hal qilish choralarini ko‘rish faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida respublikada ilk marotaba tajriba tariqasida “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy etilmoqda”, - deyilgan e’londa.
Oylik maosh kamida 4 million so‘m.
Asosiy talablar: har bir mahallaga oliy ma’lumotli, iqtisodiyot sohasida kamida 2-yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, mahallaning shart-sharoitini yaxshi biladigan, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
“Hokim yordamchisi”ning asosiy vazifalari:
— “Xonadonbay” so‘rovlar o‘tkazish orqali mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish “portreti”ni ishlab chiqish;
— Mahallaning ixtisoslashuvi va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqqan holda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rish, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish, ishga joylashish istagini bildirgan ishsizlarni bandligini ta’minlash va aholini o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish;
— “Ijtimoiy shartnoma” tizimi orqali tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar ajratish;
— Tadbirkorlik subyektlarining biznes loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, mavjud muammolarini “mijozbay” o‘rganish hamda hal etish orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud instrument va resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish;
— Hududiy va investitsiya dasturlariga takliflar ishlab chiqish hamda mahallaning rivojlanishiga doir dasturlar ijrosini nazorat (monitoring) qilish;