https://oz.sputniknews.uz/20210920/har-bir-viloyat-hokimligi-100-nafar-xotin-qizlar-kontraktini-tolab-beradi-20571750.html
Har bir viloyat hokimligi 100 nafar xotin-qizlar kontraktini to‘lab beradi
Har bir viloyat hokimligi 100 nafar xotin-qizlar kontraktini to‘lab beradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kam ta’minlangan xotin-qizlarning kontrakt pulini viloyat hokimiyatlari va davlat OTMlari tomonidan to‘lab berish mexanizmi yaratilmoqda. 20.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-20T18:08+0500
2021-09-20T18:08+0500
2021-09-20T18:11+0500
jamiyat
talabalar
yangi qonun
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20368712_0:200:1920:1280_1920x0_80_0_0_6ca8e1425c09b71ccc5911a9caa3ae6e.jpg
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Bundan buyon viloyatlar hokimiyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi har o‘quv yilida 100 nafar kam ta’minlangan xotin-qizlarning kontrak pulini to‘lab beradi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 19-sentabrdagi qarorida aytib o‘tilgan. Undan tashqari, moliyaviy barqaror bo‘lgan davlat OTMlari boshqaruv kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitiladi.Kam ta’minlangan xotin-qizlar qo‘yidagi mezonlar asosida tanlanadi:Ushbu toifaga mos keladigan xotin-qizlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida OTMga murojaat etishlari kerak. OTMlar 5 kun ichda ro‘yxatni shakllantirib, hokimliklarga ma’lumot yuboradi. Talabgorlarni tanlab olish natijalari “Aziz-ayol.uz” sayti orqali e’lon qilinib boriladi.Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olayotgan, xorijiy OTM filialida yoki oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘qiyotgan xotin-qizlar Ushbu toifaga mos kelmaydi.Avvalroq “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilinganligi haqida xabar bergandik.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20368712_108:0:1815:1280_1920x0_80_0_0_f1aa2f050b9615c359be8b1741129ffb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, talabalar, yangi qonun, otm
jamiyat, talabalar, yangi qonun, otm
Har bir viloyat hokimligi 100 nafar xotin-qizlar kontraktini to‘lab beradi
18:08 20.09.2021 (yangilandi: 18:11 20.09.2021) O‘zbekistonda kam ta’minlangan xotin-qizlarning kontrakt pulini viloyat hokimiyatlari va davlat OTMlari tomonidan to‘lab berish mexanizmi yaratilmoqda.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Bundan buyon viloyatlar hokimiyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi har o‘quv yilida 100 nafar kam ta’minlangan xotin-qizlarning kontrak pulini to‘lab beradi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 19-sentabrdagi
qarorida aytib o‘tilgan.
Nizomga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat va Toshkent shahar hokimliklari har yili o‘z hududlarida istiqomat qiluvchi 25 nafar birinchi kurs talabalari, 75 nafar 2-4 kurslarda o‘qiyotgan, jami esa 100 nafar xotin-qizlar uchun to‘lov-kontraktini to‘lab beradigan bo‘ldi.
Undan tashqari, moliyaviy barqaror bo‘lgan davlat OTMlari boshqaruv kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitiladi.
Kam ta’minlangan xotin-qizlar qo‘yidagi mezonlar asosida tanlanadi:
otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar; boquvchisi yo‘q ehtiyojmand yolg‘iz ayollar. Ushbu toifaga mos keladigan xotin-qizlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida OTMga murojaat etishlari kerak. OTMlar 5 kun ichda ro‘yxatni shakllantirib, hokimliklarga ma’lumot yuboradi. Talabgorlarni tanlab olish natijalari “Aziz-ayol.uz” sayti orqali e’lon qilinib boriladi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olayotgan, xorijiy OTM filialida yoki oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘qiyotgan xotin-qizlar Ushbu toifaga mos kelmaydi.
Avvalroq “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilinganligi haqida
xabar bergandik.