YeI gaz narxi sababli Rossiyaga ogohlantirish berdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishP/k po sluchayu nachala predsedatelstva Bolgarii v Sovete Yevropeyskogo Soyuza
P/k po sluchayu nachala predsedatelstva Bolgarii v Sovete Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
YeI elchisi Ederer Rossiyani gaz bilan bog‘liq vaziyat tufayli obro‘siga putur yetish xavfi haqida ogohlantiradi.
TOShKENT, 8 okt –Sputnik. Yevropadagi gaz narxi bilan bog‘liq vaziyat ishonchli energiya manbalari yetkazib beruvchisi bo‘lgan Rossiyaning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu xaqda YeI elchisi Markus Ederer RBK bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, tabiiy gaz narxining ko‘tarilishi nafaqat Yevropani, balki Moskvani ham bir necha sabablarga ko‘ra xavotirga solishi kerak.
"Birinchidan, bu Yevropadagi gazni qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan almashtirish jarayonini tezlashishiga olib kelishi mumkin", deya aniqlik kiritdi diplomat.
Ikkinchidan, Rossiya, uning fikricha, o‘sib borayotgan talablarga yetarlicha javob qaytara olmasa, ishonchli yetkazib beruvchi maqomini yo‘qotishi mumkin.Elchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaziyatda ko‘pchilik Moskvaning harakatsizligini "Shimoliy oqim - 2" ishini tezlashtirish maqsadidagi bosim sifatida qabul qilmoqda.
Ogon na gazopererabativayushey stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Tabiiy gaz importi bojxona bojidan ozod qilindi
"Ko‘tarilgan talabga javoban, energiya manbalarining ishonchli yetkazib beruvchisi yetkazib berishni ko‘paytirishi mumkin edi, Xalqaro energetika agentligi ham yetkazib beruvchini shunga chaqirmoqda", - deya xulosa qildi Ederer.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Gazprom" gaz etkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarayotganini va bajarishda davom etishi kerakligini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, u bozorda, masalan, Sankt-Peterburg fond birjasida taklifni ehtiyotkorlik bilan oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Gollandiyaning TTF indeksiga ko‘ra, Yevropaning ko‘k yoqilg‘i bozoridagi hozirgi narxi chorshanba kuni rekord qiymatga yetdi - har ming kubometr uchun ikki ming dollarga yaqinlashdi, biroq payshanba kuni tusha boshladi va 1000 dollardan pastga tushib ketdi. Shundan so‘ng, gaz narxi biroz ko‘tarildi va Moskva vaqti bilan 18.00 da 1161 dollarga baholandi.
Yangiliklar lentasi
0