https://oz.sputniknews.uz/20211007/toshkentda-uch-kunlik-chaqalogini-9-ming-ga-sotishga-uringan-ayol-olti-yilga-qamaldi-20805187.html
Toshkentda uch kunlik chaqalog‘ini 9 ming $ga sotishga uringan ayol olti yilga qamaldi
Toshkentda uch kunlik chaqalog‘ini 9 ming $ga sotishga uringan ayol olti yilga qamaldi
Sputnik O‘zbekiston
Ayol norasidani 9 ming dollarga sotayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 07.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-07T09:53+0500
2021-10-07T09:53+0500
2021-10-07T09:53+0500
jamiyat
qamoq
odam savdosi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/876/16/8761694_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_97e06ed3904cd49248a189b8e8c7e738.jpg
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida o‘z bolasini sotgan onaga nisbatan ish ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘qildi. Bu haqda "Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturida ma’lum qilindi.Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi 23 yoshli namanganlik ayol. Avval turmushga chiqmagan. 2020-yilda Toshkentga ishlash maqsadida keladi va o‘sha yilning noyabr oyida homilador bo‘lib qoladi. 2021-yilning iyul oyi boshlarida ijarada birga yashab turgan tanishi undan tug‘ilajak bolasini unga berishini so‘raydi. U buning evaziga pul taklif qilgan.Sudlanuvchi ayol 19-avgust kuni dugonasi bilan oldindan til biriktirib, o‘zining uch kunlik farzandini sotish va buning orqasidan moddiy boylik orttirish rejasini tuzgan. U norasidani 9 ming dollarga sotayotgan vaqtida departamentning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan."Birga yashab kelgan opa bolamni sotishimni so‘radi. Men sotmasligimni, bola o‘zimizga ham kerakligini aytdim. Shunda u o‘zining eriga bolani sotishimni aytib, undan pul undirishimizga undadi", — deydi sudlanuvchi.Ayni paytda qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandi (odam savdosi) bilan aybdor deb topilgan va unga olti yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi hukm qilingan. Ayolning farzandi esa vasiylik organlariga topshirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20180222/7576234.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/876/16/8761694_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_005fc3d28ae22da56ed3fe1aa7b0764a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qamoq, odam savdosi
jamiyat, qamoq, odam savdosi
Toshkentda uch kunlik chaqalog‘ini 9 ming $ga sotishga uringan ayol olti yilga qamaldi
Ayol norasidani 9 ming dollarga sotayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida o‘z bolasini sotgan onaga nisbatan ish ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘qildi. Bu haqda "Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi 23 yoshli namanganlik ayol. Avval turmushga chiqmagan. 2020-yilda Toshkentga ishlash maqsadida keladi va o‘sha yilning noyabr oyida homilador bo‘lib qoladi. 2021-yilning iyul oyi boshlarida ijarada birga yashab turgan tanishi undan tug‘ilajak bolasini unga berishini so‘raydi. U buning evaziga pul taklif qilgan.
Sudlanuvchi ayol 19-avgust kuni dugonasi bilan oldindan til biriktirib, o‘zining uch kunlik farzandini sotish va buning orqasidan moddiy boylik orttirish rejasini tuzgan. U norasidani 9 ming dollarga sotayotgan vaqtida departamentning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Birga yashab kelgan opa bolamni sotishimni so‘radi. Men sotmasligimni, bola o‘zimizga ham kerakligini aytdim. Shunda u o‘zining eriga bolani sotishimni aytib, undan pul undirishimizga undadi", — deydi sudlanuvchi.
Ayni paytda qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandi (odam savdosi) bilan aybdor deb topilgan va unga olti yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi hukm qilingan. Ayolning farzandi esa vasiylik organlariga topshirilgan.