https://oz.sputniknews.uz/20211007/tdiu-sobiq-prorektori-idiev-qaysi-ish-doirasida-qidiruvga-berilgani-malum-qilindi-20812603.html
TDIU sobiq prorektori Idiyev qaysi ish doirasida qidiruvga berilgani ma’lum qilindi
TDIU sobiq prorektori Idiyev qaysi ish doirasida qidiruvga berilgani ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Idiyevga qo‘yilayotgan ayblov uning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan bog‘liq emasligi aytildi. 07.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-07T14:31+0500
2021-10-07T14:31+0500
2021-10-07T14:31+0500
hodisalar
qidiruv
tdiu
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/07/20812573_0:68:1301:799_1920x0_80_0_0_7452401ee43502ac5f2aa08cf5153e2f.jpg
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) muassasa sobiq prorektori Nodir Idiyev qidiruvga berilgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.Oliygoh ayrim elektron nashrlarda tarqalgan sobiq prorektor Idiyev avgust oyida universitet tomonidan qidiruv berilgani haqidagi xabarni rad etgan.Qayd etish joizki, iyul oyida Buxoroda “Asakabank” sobiq mansabdorlari Osiyo taraqqiyot banki ajratgan 2 mln dollarni talon-toroj qilgani aniqlangani xabar qilingan edi. Mahalliy OAVlar Idiyev aynan shu ish doirasida qidiruvga berilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozishmoqda.“Asakabank” ma’lumotlariga ko‘ra, Nodir Idiyev 2016-yilda (iyun-avgust) “Asaka Invesment” boshqaruvi raisi o‘rinbosari, 2017-yilda esa bankning ichki audit xizmati boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.Hozir Nodir Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoiy ish ochilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20211005/tdiu-sobiq-prorektori-nodir-idiev-qidiruvga-berildi-20775642.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/07/20812573_72:0:1227:866_1920x0_80_0_0_2b7ec52d4bffd0b082ff530c0803aab1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , qidiruv, tdiu
hodisalar , qidiruv, tdiu
TDIU sobiq prorektori Idiyev qaysi ish doirasida qidiruvga berilgani ma’lum qilindi
Idiyevga qo‘yilayotgan ayblov uning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan bog‘liq emasligi aytildi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) muassasa sobiq prorektori Nodir Idiyev qidiruvga berilgani yuzasidan rasmiy
munosabat bildirdi.
Oliygoh ayrim elektron nashrlarda tarqalgan sobiq prorektor Idiyev avgust oyida universitet tomonidan qidiruv berilgani haqidagi xabarni rad etgan.
“Vaziyatga oydinlik kiritib o‘tamiz. Nodir Fozilovich Idiyev “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan davridagi ishlari sabab qidiruvga berilgan. Idiyevga qo‘yilayotgan ayblov uning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan bog‘liq emas”, - deyilgan xabarda.
Qayd etish joizki, iyul oyida Buxoroda “Asakabank” sobiq mansabdorlari Osiyo taraqqiyot banki ajratgan 2 mln dollarni talon-toroj qilgani aniqlangani
xabar qilingan edi. Mahalliy OAVlar Idiyev aynan shu ish doirasida qidiruvga berilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozishmoqda.
“Asakabank” ma’lumotlariga
ko‘ra, Nodir Idiyev 2016-yilda (iyun-avgust) “Asaka Invesment” boshqaruvi raisi o‘rinbosari, 2017-yilda esa bankning ichki audit xizmati boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Hozir Nodir Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoiy ish ochilgan.