TDIU sobiq prorektori Nodir Idiyev qidiruvga berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Obuna bo‘lish
Nodir Idiyev firibgarlik jinoyatini sodir qilib, sud-tergov organlaridan yashiringanligi sababli qidirilmoqda.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Idiyev Fozilovich qidiruvga berildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Idiyev firibgarlik jinoyatini sodir qilib, sud-tergov organlaridan yashiringanligi sababli qidirilmoqda.
© Press-slujba UVD Buxarskoy oblastiBivshiy prorektor Tashkentskogo gosudarstvennogo ekonomicheskogo universiteta Nodir Idiyev obyavlen v rozisk.
Bivshiy prorektor Tashkentskogo gosudarstvennogo ekonomicheskogo universiteta Nodir Idiyev obyavlen v rozisk. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Bivshiy prorektor Tashkentskogo gosudarstvennogo ekonomicheskogo universiteta Nodir Idiyev obyavlen v rozisk.
Viloyat IIB u haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan 65 222-59-00, 65 222-89-50, 98 274-93-33 va 97 301-44-41 telefon raqamlariga yoki 102-qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ragan.
“Qidiruvdagi jinoyatchining yashiringan joyini aniqlashda amaliy yordam ko‘rsatgan fuqaroning shaxsi sir saqlanadi hamda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi”, - deyilgan xabarda.
Universitet mas’uli UzNews.uz nashriga Nodir Idiyev haqiqatdan qidiruvda ekanligini ta’kidlab, u joriy yilning iyul oyida ishdan ketganini ma’lum qilgan.
Ammo universitetning rasmiy saytida Nodir Idiyev hali ham universitetning moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori ekanligi ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0