AQSh razvedkasi chet eldagi o‘nlab "informatorlardan" mahrum bo‘lganini aytmoqda

© AFP / SAUL LOEBArxivnoe foto emblemi sentralnogo razvedivatelnogo upravleniya SShA, SRU
Arxivnoe foto emblemi sentralnogo razvedivatelnogo upravleniya SShA, SRU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
"Mutlaqo maxfiy" grifi ostida kelgan hujjatda MRB o‘z xodimlarini yo‘qotish raqamlari o‘ta katta ekani haqida ogohlantirgan.
TOShKENT, 6 okt – RIA Novosti. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi o‘tgan haftada chet eldagi barcha rezidenturalariga "o‘nlab" o‘ldirilgan, hibsga olingan yoki boshqa davlat razvedka xizmati tomonidan "verbovka qilib olingan" informatorlar haqida xabar berilgan telegrammalarni yo‘lladi. Bu haqda New York Times nashri yozmoqda.
"Mutlaqo maxfiy" grifi ostida yuborilgan hujjatda MRB o‘z xodimlarini yo‘qotish raqamlari o‘ta katta ekani haqida ogohlantirgan.
"Telegramma qisqa bo‘lsa-da, unda biroq raqib razvedka xizmatlari tomonidan yo‘q qilingan agentlar soni haqida aniq ma’lumot keltirilgan. Kontrrazvedkachilar odatda bu singari aloqa tarmoqlarida bunday ma’lumotlar bilan bo‘lishmaydilar", - deyiladi maqolada.
O‘zbekiston harbiy razvedkachilari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
O‘zbekiston harbiy razvedkachilari yana bir xalqaro musobaqada tengsizlikni namoyon etishdi
MRB shuningdek, hibsga olingan xorijiy agentlarning aniq sonini ochiqlagan, biroq ayni vaqtda boshqa razvedka xizmatlari tomonidan "verbovka" qilib olinib, AQShga qarshi ishlayotganlar sonini keltirishga qiynalgan.
New York Times nashrining yozishicha, agentlarni o‘zi tomonga verbovka qilib olish ishlarida ayniqsa, pokiston maxsus xizmatlariga teng keladigan yo‘q. Xitoy va Rossiyada esa mahalliy kontrrazvedkachilar amerika agentlarini kuzatish uchun sun’iy ong, biometrik skanerlash va insonni yuz qiyofasiga qarab taniy oladigan texnologiyalardan foydalanishda qiyinchilikka uchraganlar.
Yangiliklar lentasi
0