https://oz.sputniknews.uz/20210304/zbekiston-arbiy-razvedkachilari-yana-bir-khalaro-musobaada-tengsizlikni-namon-etishdi-16131007.html
O‘zbekiston harbiy razvedkachilari yana bir xalqaro musobaqada tengsizlikni namoyon etishdi
O‘zbekiston harbiy razvedkachilari yana bir xalqaro musobaqada tengsizlikni namoyon etishdi
Sputnik O‘zbekiston
Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston harbiy razvedkachilari shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi 04.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-04T19:46+0500
2021-03-04T19:46+0500
2021-03-04T19:46+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16130880_0:0:1301:736_1920x0_80_0_0_0608d8e2b2461137d519204b5b5b6eb4.jpg
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Pokistonda o‘tkazilgan “4-Pokiston armiyasining jamoaviy ruhi xalqaro musobaqasi”da (4-th International PATS Competition) O‘zbekiston harbiy razvedkachilari shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.Musobaqa 2021-yilning 24-fevral kunidan 3-mart kuniga qadar 5 ta davlat o‘rtasida o‘tkazilgan. Uni Qozog‘iston, Hindiston, Marokko, Indoneziya, Tojikiston davlatlari vakillari kuzatib borishdi.Ushbu musobaqaga Shri-Lanka, Turkiya, Iordaniya va xalqaro maydonda kuchli sanalgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy razvedkachilari ham taklif etilgan.O‘zbek harbiy razvedkachilari Pokistonning issiq va qiyin sharoitlarida o‘z kuch-qudratini namoyon etish maqsadida o‘tgan yillar mobaynida o‘tkazilgan armiya o‘yinlari natijalari, ulardagi yutuq va kamchiliklardan olingan yuqori tajribalariga tayanishgan. Aloqa tayyorgarligi, harbiy topografiya, otish va tibbiy tayyorgarlik, maxsus signallar berish va optik vositalarni qo‘llash, notanish hududlarni rekognossirovka qilish bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarini a’lo bajarishgan.Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston harbiy razvedkachilari Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan “Kembrij patruli” musobaqasida 120 ta davlat ichida 2018-yilda ikkinchi va 2019-yilda birinchi, Qozog‘istonda harbiy razvedkachilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Altin uki” xalqaro musobaqasida mezbon jamoadan keyingi faxrli ikkinchi, 2020-yilda esa Rossiyada o‘tkazilgan Xalqaro armiya o‘yinlarida mezbon jamoadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab, o‘zining har tomonlama ustunligini ko‘rsatib kelishgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16130880_0:0:1301:818_1920x0_80_0_0_72d9bd794cc70d5ca982155f4a07cb48.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
O‘zbekiston harbiy razvedkachilari yana bir xalqaro musobaqada tengsizlikni namoyon etishdi
Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston harbiy razvedkachilari shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Pokistonda o‘tkazilgan “4-Pokiston armiyasining jamoaviy ruhi xalqaro musobaqasi”da (4-th International PATS Competition) O‘zbekiston harbiy razvedkachilari shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Musobaqa 2021-yilning 24-fevral kunidan 3-mart kuniga qadar 5 ta davlat o‘rtasida o‘tkazilgan. Uni Qozog‘iston, Hindiston, Marokko, Indoneziya, Tojikiston davlatlari vakillari kuzatib borishdi.
Ushbu musobaqaga Shri-Lanka, Turkiya, Iordaniya va xalqaro maydonda kuchli sanalgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy razvedkachilari ham taklif etilgan.
O‘zbek harbiy razvedkachilari Pokistonning issiq va qiyin sharoitlarida o‘z kuch-qudratini namoyon etish maqsadida o‘tgan yillar mobaynida o‘tkazilgan armiya o‘yinlari natijalari, ulardagi yutuq va kamchiliklardan olingan yuqori tajribalariga tayanishgan. Aloqa tayyorgarligi, harbiy topografiya, otish va tibbiy tayyorgarlik, maxsus signallar berish va optik vositalarni qo‘llash, notanish hududlarni rekognossirovka qilish bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarini a’lo bajarishgan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston harbiy razvedkachilari Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan “Kembrij patruli” musobaqasida 120 ta davlat ichida 2018-yilda ikkinchi va
2019 yilda birinchi, Qozog‘istonda harbiy razvedkachilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Altin uki” xalqaro musobaqasida mezbon jamoadan keyingi
faxrli ikkinchi, 2020-yilda esa Rossiyada o‘tkazilgan Xalqaro armiya o‘yinlarida mezbon jamoadan keyingi
ikkinchi o‘rinni egallab, o‘zining har tomonlama ustunligini ko‘rsatib kelishgan.