https://oz.sputniknews.uz/20211004/fevral-voqealariga-aloqador-sobiq-bojxona-xodimlari-ustidan-sud-boshlandi-20750589.html
"Fevral voqealari"ga aloqador sobiq bojxona xodimlari ustidan sud boshlandi
"Fevral voqealari"ga aloqador sobiq bojxona xodimlari ustidan sud boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
1999 yil Toshkentda sodir etilgan teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlari ustidan sud jarayoni boshlandi 04.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-04T09:57+0500
2021-10-04T09:57+0500
2021-10-04T09:57+0500
jamiyat
oliy sud
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/02/19039483_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ac9999666970378135adbd9be0b92f9b.jpg
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Oliy sud 1999-yil 16-fevralda Toshkentda sodir etilgan teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlarining ishini ko‘rishni boshladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha sobiq bojxona xodimi 2021-yilda oqlangan. Biroq, Toshkent viloyati prokurori oqlov hukmi ustidan shikoyat qilganidan so‘ng, ish qayta ko‘rib chiqishga yuborilgan.30 sentabrda Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar kollegiyasi ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni boshlagan. Prokuror Toshkent viloyati prokurorining protestini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va sobiq bojxona xodimlarining oqlanishini bekor qilishni va ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni so‘ragan.Shu bilan birga, sudlanuvchilarning advokatlari sudga ayblanuvchining aybsizligini va prokuror protestida keltirilgan dalillar aybni tan olish uchun asos bo‘la olmasligini e’lon qilishgan. Sudlanuvchilar suddan 2021-yil 24-iyulda Toshkent viloyati sudining apellyatsiya instansiyasi tomonidan chiqarilgan oqlov qarorini kuchda qoldirishni va protestni qondirishni rad etishni so‘rashgan.Ish bo‘yicha keyingi sud majlisi 2021-yil 7-oktabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210930/dxx-16-fevral-voqealariga-aloqador-terrorchini-qolga-oldi-20709668.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/02/19039483_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_bd3ef9261b092bdb168c9a2a1bae4698.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, oliy sud
"Fevral voqealari"ga aloqador sobiq bojxona xodimlari ustidan sud boshlandi
1999 yil Toshkentda sodir etilgan teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlari ustidan sud jarayoni boshlandi
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Oliy sud 1999-yil 16-fevralda Toshkentda sodir etilgan teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlarining ishini ko‘rishni boshladi. Bu haqda
Kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha sobiq bojxona xodimi 2021-yilda oqlangan. Biroq, Toshkent viloyati prokurori oqlov hukmi ustidan shikoyat qilganidan so‘ng, ish qayta ko‘rib chiqishga yuborilgan.
30 sentabrda Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar kollegiyasi ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni boshlagan. Prokuror Toshkent viloyati prokurorining protestini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va sobiq bojxona xodimlarining oqlanishini bekor qilishni va ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Shu bilan birga, sudlanuvchilarning advokatlari sudga ayblanuvchining aybsizligini va prokuror protestida keltirilgan dalillar aybni tan olish uchun asos bo‘la olmasligini e’lon qilishgan. Sudlanuvchilar suddan 2021-yil 24-iyulda Toshkent viloyati sudining apellyatsiya instansiyasi tomonidan chiqarilgan oqlov qarorini kuchda qoldirishni va protestni qondirishni rad etishni so‘rashgan.
Ish bo‘yicha keyingi sud majlisi 2021-yil 7-oktabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan.