DXX 16-fevral voqealariga aloqador terrorchini qo‘lga oldi

© fotoliaRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
1999 yilda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgan shaxs 22-yil o‘tib qo‘lga olindi va Toshkentga olib kelindi.
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Davlat xavfsizlik xodimlari (DXX) tomonidan “Turkiston islom harakati” (TIH) xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi, O‘zbekiston hududida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan Yu.J. xorijda qo‘lga olindi. 23-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda O‘zA DXX matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
© UzAChlen mejdunarodnoy organizatsii "Islamskoe dvijenie Turkestana" Yu.J., naxodivshiysya 23 goda v roziske za sovershenie tajkix prestupleniy na territorii Uzbekistana, zaderjan.
Chlen mejdunarodnoy organizatsii Islamskoe dvijenie Turkestana Yu.J., naxodivshiysya 23 goda v roziske za sovershenie tajkix prestupleniy na territorii Uzbekistana, zaderjan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Chlen mejdunarodnoy organizatsii "Islamskoe dvijenie Turkestana" Yu.J., naxodivshiysya 23 goda v roziske za sovershenie tajkix prestupleniy na territorii Uzbekistana, zaderjan.
Ma’lum qilinishicha, 1969-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan ushbu shaxs 1998-yilning boshlarida Chechenistonga borib, iordaniyalik Amir Xattob tomonidan tashkil qilingan jangarilar lagerida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va o‘sha yilning oxirlarida Afg‘onistondagi TIH xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, 1999-yilning yanvar oyida tashkilot yetakchilarining ko‘rsatmasi bilan u aylanma yo‘llar orqali Toshkent shahriga kelib, badavlat odamlarning uylarida bosqinchiliklarni amalga oshirgan. Ularning pul va qimmatbaho buyumlarini o‘zlashtirib, Afg‘onistondagi TIH yetakchilariga yuborgan.

Mazkur shaxs 1999-yil 16-fevral va 2004-yil 30-mart kunlari Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 1998—2006 yillarda xorijiy davlatlardagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnashgan.
Hozirda Yu.J.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
1999 yil 16-fevralda Toshkentda, shu jumladan, Mustaqillik maydonidagi hukumat binosi yaqinida bir qator kuchli portlashlar sodir bo‘lgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohatlangan.
V naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Toshkentda o‘n nafar “Hizb ut-Tahrir”* a’zolari qo‘lga olindi
Yangiliklar lentasi
0