MO va Rossiya elchixonalari vakillari “Uch avlod uchrashuvi” festivaliga tashrif buyurishdi
09:26 03.10.2021 (yangilandi: 09:27 03.10.2021)
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMO va Rossiya elchixonalari vakillari “Uch avlod uchrashuvi” festivaliga tashrif buyurishdi
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Obuna bo‘lish
Festivalga tashrif buyurgan diplomatik korpus vakillarining ta’kidlashicha, bu kabi har bir bayramda millatlararo do‘stlik muhiti, avlodlar o‘rtasidagi samimiyatni ko‘rsatish go‘zal bir an’anaga aylanib bormoqda.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi “Guliston” mahallasida “Uch avlod” festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston respublikalarining mamlakatdagi elchilari, Rossiya va Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonalari mas’ullari oila a’zolari bilan ishtirok etdi.
Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ta’kidlashicha, bu yerda yig‘ilgan uch avlod vakillari – O‘zbekiston faxri.
“Bugungi bayramlarda turli millat vakillarini – tojik, o‘zbek, qirg‘iz, qozoq, rus kabi ko‘plab xalqlarga mansub vatandoshlarni ko‘rishimiz mumkin. Sezilib turibdiki, ular bir tanu bir jon bo‘lib, shunday zaminda totuvlik va inoqlikda yashayotganliklaridan juda hursandlar. Bu, albatta, har bir davlat uchun katta yutuqdir. Bu muhitni asrab-avaylash esa har bir vatandosh uchun ham farz, ham qarzdir”, - dedi diplomat.
“Guliston” mahallasi – Yuqorichirchiq tumanining chekka bir qishloqlaridan biri bo‘lib, bu yerda o‘zbek, qozoq, koreys, rus, tatar, tojik, qirg‘iz, turkman va boshqa millatlarga mansub aholi hamjihatlikda totuv hayot kechirmoqda. “Obod qishloq” dasturi asosida qishloqda yangi ijtimoiy soha obyektlari, yo‘llar va boshqa obyektlar yangilangach, Guliston qishlog‘i chin ma’noda Gulistonga aylangan.
Festivalga tashrif buyurgan diplomatik korpus vakillarining ta’kidlashicha, bu kabi har bir bayramda millatlararo do‘stlik muhiti, avlodlar o‘rtasidagi samimiyat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish go‘zal bir an’anaga aylanib bormoqda.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston rahbariyatining sa’y-harakatlari tufayli bu yerda millatlararo totuvlik va tinchlik hukm surmoqda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMO va Rossiya elchixonalari vakillari “Uch avlod uchrashuvi” festivaliga tashrif buyurishdi
1/5
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
MO va Rossiya elchixonalari vakillari “Uch avlod uchrashuvi” festivaliga tashrif buyurishdi
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMO va Rossiya elchixonalari vakillari “Uch avlod uchrashuvi” festivaliga tashrif buyurishdi
2/5

3/5

4/5

5/5

Festivalda milliy-madaniy markazlar faollari tashkil qilgan taqdimotlar, turli tillarda namoyish etilgan badiiy dasturlarda mamlakatda hukm surayotgan millatlararo do‘stlik-totuvlik muhiti tarannum etildi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Vadim Mitrofanov bu bayramda bo‘lish va katta-yu kichikning o‘zaro hurmati, ehtiromni ko‘rish uni xursand qilganini tan oldi.
“Ustozlarining erishgan yutuqlari va hayot yo‘li haqida eshitish yosh avlod uchun qiziq va ibratlidir. Turli millatlarning bir yerga jam bo‘lgani esa mazkur tadbirning tarbiyaviy ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Bu O‘zbekistonning ko‘p millatli davlat ekani va barcha teng huquqli ekanidan dalolatdir”, - deydi Mitrofanov.
Muloqotlarda O‘zbekistonda 30-iyul kuni Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangani ko‘pmillatli xalqimizni yagona ahil oila sifatida yanada jipslashtirishga xizmat qilayotgani ko‘p bora ta’kidlandi.
Tadbir davomida el-yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan uch avlod vakillaridan bir guruhiga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishonlari topshirildi.