Tramp Twitter’dagi sahifasini sud orqali tiklamoqchi

© REUTERS / Jonathan DrakeBivshiy prezident SShA Donald Tramp vo vremya vistupleniya na syezde respublikansev Severnoy Karolini
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp vo vremya vistupleniya na syezde respublikansev Severnoy Karolini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2021
Obuna bo‘lish
Tramp Twitter’dagi sahifasini qaytarishni muddao qilib sudga murojaat qildi.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. AQShning eks-prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasini vaqtincha tiklash bo‘yicha Florida shtatidagi federal sudiga murojaat etdi.
Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
"Sobiq prezident Donald Tramp federal sudyaga Twitter’dagi o‘z akkauntini vaqtincha tiklashni ilimos qilib so‘rov yuborgan", deb yozmoqda Bloomberg.
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2021
Tramp Baydenni “AQSh tarixidagi ulkan harbiy kamsitilishda” aybladi
Tramp birinchi marta Twitter’dagi taqiqini yechish so‘rovini juma kuni kechqurun Florida shtatidagi sudga yubordi.
Trampning ta’kidlashicha, AQSh Kongressidagi siyosiy raqiblarining bosimi ostida Twitter uning sahifasini yopib qo‘ygan.
Xabarda aytilishicha, Twitter o‘z navbatida Trampning bayonotiga hech qanday izoh bermagan.
Prezident SShA Djo Bayden v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Bayden Trampning AQShga chet elliklar kirishini ta’qiqlovchi qarorini bekor qildi
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning prezidentlik davrida Twitter uning sahifasini asossiz ravishda senzuraga qo‘yib kelgan, chiqargan postlarini esa kompaniya qonun-qoidalariga zid materiallar deb, ularni “e’htimoliy xavfli va chalg‘ituvchi” ma’lumotlar sirasiga qo‘shgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil yanvar oyida Twitter "zo‘ravonlikka undash xavfi ostida" Trampning sahifasini muzlatib qo‘ygan. Bundan tashqari, yanvar oyida boshqa ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Facebook, Twitter, Instagram ham sahifasiga har xil muddatga cheklovlar qo‘yishgan. Bunday choralarga 6-yanvar kuni Kongress binosida namoyishchilar keltirib chiqargan tartibsizliklarga Trampning bu voqealarga reaksiya bildirgani sabab bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0