Bayden Trampning AQShga chet elliklar kirishini ta’qiqlovchi qarorini bekor qildi

© REUTERS / Joshua RobertsPrezident SShA Djo Bayden v Vashingtone
Prezident SShA Djo Bayden v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Tramp 2020-yilning aprelida AQShga "AQSh mehnat bozori uchun xatar tug‘diruvchi immigrantlar"ning kirishiga to‘siq bo‘lgan qarorni imzolab, so‘ngra uning amal qilish muddatini uzaytirgan edi.
TOShKENT, 25 fev - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zidan oldingi prezident Donald Trampning AQShga qator toifadagi chet elliklarga kirishni ta’qiqlovchi qarorini bekor qildi, deb xabar bermoqda Oq uy.
Djo Bayden vstupil v doljnost prezidenta SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2021
Jo Bayden qasamodddan so‘ng qator muhim o‘zgarishlarni amalga oshirdi
Tramp 2020-yilning aprelida AQShda koronavirus pandemiyasi vaqtida "Qo‘shma Shtatlar mehnat bozori uchun xatar tug‘diruvchi immigrantlar"ning kirishiga to‘siq bo‘lgan qarorni imzolab, so‘ngra uning amal qilish muddatini uzaytirgan edi.
"(Proklamatsiya) AQSh manfaatlarini ilgari surmaydi. Aksincha, u AQShga halal beradi, masalan AQSh fuqarolari oilalari a’zolariga va qonuniy doimiy yashovchi maqomiga ega fuqarolarga o‘z oilalari bilan birlashishga halal beradi", - degan Bayden.
"U shuningdek, butun dunyodan iqtidorlardan foydalanadigan AQSh iqtisodiyoti sohalariga halal beradi", - deb qo‘shimcha qilgan Bayden.
Va nihoyat, uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp qo‘llagan choralar tufayli an’anaviy tarzda har yili o‘tkaziladigan lotereya(grin-karta)da AQShda yashash huquqini qo‘lga kiritgan shaxslar ushbu mamalkatga kira olmagan.
Yangiliklar lentasi
0