Toshkent viloyatida YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishMigalka
Migalka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida YPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasida nizo chiqdi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. 1 oktabr kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi A-373a "Olmaliq-Toshkent" avtomobil yo‘lining 1-kilometrida YPX xodimi A.Karayev tomonidan "KIA CARNIVAL" rusumli avtomobil to‘xtatilgan va tekshiruv davomida transport vositasining yon oynasi ruxsatsiz qoraytirilganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 126-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtda ushbu avtomobil yo‘lovchisi hamda atrofda bo‘lgan yana bir piyoda telefon orqali holatni videotasvirga olgan.
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
YPX xodimlarini haqorat qilgan avtobloger ushlandi. Uning telefonida pornovideo aniqlandi
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqamasining ma’lumotiga ko‘ra, YPX xodimi ushbu jarayonda yo‘lovchiga tasvirga olmaslikni so‘rab e’tirozlar bildirgan va o‘zaro tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.
Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida YPX xodimining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Yangiliklar lentasi
0