https://oz.sputniknews.uz/20211001/toshkentda-avtobloger-ushlandi-uning-telefonida-pornografik-videolar-borligi-aniqlandi-20731963.html
YPX xodimlarini haqorat qilgan avtobloger ushlandi. Uning telefonida pornovideo aniqlandi
YPX xodimlarini haqorat qilgan avtobloger ushlandi. Uning telefonida pornovideo aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar IIBB ikki nafar bloger Abror Kozubayev va Bobur Ganiyev ushlangani haqida xabarlar yuzasidan bayonot berdi. 01.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-01T15:47+0500
2021-10-01T15:47+0500
2021-10-01T16:10+0500
hodisalar
toshkent
iibb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/811/84/8118481_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_b0b247dc14a1c8b7e61c96f43844a43b.jpg
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik bilan shug‘ullanuvchi Bobur G‘aniyev Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushlanganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi:30 sentabr kuni taxminan soat 23.30 larda Uchtepa tumani “Farxod” bozori ro‘parasida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz poytaxt” profilaktik tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Epika rusumli davlat raqami 01 U 909 BB bo‘lgan avtomashina to‘xtatilgan.Transport vositasi haydovchisi 1993-yilda tug‘ilgan Abror Kozubayevning (internet tarmog‘ida “Abror bloger” nomi bilan tanilgan) hujjatlari tekshirilgan. Shu jarayonda Epika rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida o‘tirgan 1987-yilda tug‘ilgan Bobur Ganiyev (internet tarmog‘ida “Avtobloger Bobur Ganiyev” nomi bilan tanilgan) YPX inspektorlarini haqorat qilib, janjal ko‘targan.IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan jamoat tartibini buzgan. Shundan so‘ng transport vositasining haydovchisi A.Kozubayev, yo‘lovchilari B.Ganiyev va O.Salimovlar Uchtepa tumani IIO FMBga olib borilgan. Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshiruv o‘tkazish jarayonida B.Ganiyevning shaxsiy uyali telefon apparatida pornografik mazmundagi qonunda taqiqlangan videomateriallar va fotosuratlar borligi aniqlangan.Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga taqdim etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210916/qoqonlik-bloger-iqbol-komiljonov-olimi-yuzasidan-tergovga-qadar-tekshiruv-boshlandi---bp-20515111.html
https://oz.sputniknews.uz/20210903/mashinaga-skotch-bilan-yopishtirilgan-holda-katta-tezlikda-shahar-aylangan-bloger-hibsga-olindi-20348968.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/811/84/8118481_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_278f037b6802e210a3590c147a4d1085.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , toshkent, iibb
hodisalar , toshkent, iibb
YPX xodimlarini haqorat qilgan avtobloger ushlandi. Uning telefonida pornovideo aniqlandi
15:47 01.10.2021 (yangilandi: 16:10 01.10.2021) Toshkent shahar IIBB ikki nafar bloger Abror Kozubayev va Bobur Ganiyev ushlangani haqida xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik bilan shug‘ullanuvchi Bobur G‘aniyev Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushlanganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Toshkent shahar
IIBB quyidagilarni ma’lum qildi:
30 sentabr kuni taxminan soat 23.30 larda Uchtepa tumani “Farxod” bozori ro‘parasida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz poytaxt” profilaktik tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Epika rusumli davlat raqami 01 U 909 BB bo‘lgan avtomashina to‘xtatilgan.
Transport vositasi haydovchisi 1993-yilda tug‘ilgan Abror Kozubayevning (internet tarmog‘ida “Abror bloger” nomi bilan tanilgan) hujjatlari tekshirilgan. Shu jarayonda Epika rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida o‘tirgan 1987-yilda tug‘ilgan Bobur Ganiyev (internet tarmog‘ida “Avtobloger Bobur Ganiyev” nomi bilan tanilgan) YPX inspektorlarini haqorat qilib, janjal ko‘targan.
IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan jamoat tartibini buzgan. Shundan so‘ng transport vositasining haydovchisi A.Kozubayev, yo‘lovchilari B.Ganiyev va O.Salimovlar Uchtepa tumani IIO FMBga olib borilgan. Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshiruv o‘tkazish jarayonida B.Ganiyevning shaxsiy uyali telefon apparatida pornografik mazmundagi qonunda taqiqlangan videomateriallar va fotosuratlar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga taqdim etiladi.