Toshkentda o‘n nafar “Hizb ut-Tahrir”* a’zolari qo‘lga olindi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovV naruchnikax
V naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Ushlangan bu shaxslarning barchasi muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun qamalib chiqqani aniqlangan.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 10 nafar “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
15 sentabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ushlangan bu shaxslarning barchasi muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tab chiqqani aniqlangan.
Xabarda keltirilishicha, ular internet orqali xorijda yashirinib kelayotgan “Hizb ut-Tahrir”* a’zolari bilan aloqa qilib, ularning ko‘rsatmalari asosida aholi orasida tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish va tarafdorlari safini kengaytirish bilan shug‘ullanib kelgan.
Goroda mira. Djidda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2021
“Hizb-ut Tahrir”*ga a’zo bo‘lgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi
Mazkur shaxslarning yashash manzillari va uyali aloqa vositalarida tashkilotga tegishli bo‘lgan adabiyotlar va materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan.
Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida, tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
* Taqiqlangan ekstremistik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0