"Biz kuzatamiz, xolos, aralashmaymiz"- Lebedev O‘zbekistondagi saylovlar haqida

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishIspolnitelniy sekretar SNG Sergey Lebedev
Ispolnitelniy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey lebedev O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarini kuzatish uchun yuborilgan MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda.
SputnikUzbekistonga bergan intervyusida Lebedev O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida kuzatuvchilar ishining muhim yo‘nalishlari, shuningdek, MDHning yangi chaqiriqlar va realliklarga moslashuvi haqida so‘zladi.
- Bugungi kunda MDH mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi darajasini qanday baholaysiz?
- Shuni ta’kidlashni istardimki, iqtisodiy hamkorlik har doim ham MDH mamlakatlari uchun ustuvor omil bo‘lgan, shu bois ham Ijroiya qo‘mita eng yirik Iqtisodiy hamkorlik departamentiga egalik qiladi.
Aynan shu sabab ham MDH mamlakatlari hamkorligini muvofiqlashtiruvchi sanoat bo‘limlari aynan iqtisodiy muammolarga ixtisoslashgan - bu yerda gap transport, energetika, ekologiya, bojxona masalalari, mehnat migratsiyasi haqida bormoqda.
Predsedatel Ispolnitelnogo komiteta – Ispolnitelniy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Sergey Lebedev O‘zbekistonga keladigan MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qiladi
Afsuski, nafaqat MDHda, balki butun dunyoda siyosiy xarakterdagi mulohazalar ba’zida iqtisodiy munosabatlar, o‘zaro hamkorliklar rivojini sekinlashtiradi. Xalqaro iqtisodiy forumdagi nutqimda men savdo aloqalari va qo‘shnilar bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish hammasidan foydaliroq ekani haqida so‘zladim. Bu hayotiy zarurat, bu ancha arzon va ikkala tomon uchun ham foydali.
Shu fonda ko‘plab harakatlar, masalan, Ukraina rahbariyati tomonidan MDH doirasida aloqalarni uzish bo‘yicha qo‘llanilayotgan harakatlar, meni nazdimda, halokatlidir. Bu haqda ukrainalik ekspertlarning o‘zlari ham, Hamdo‘stlik mamlakatlaridagi mutaxassislar ham aytishmoqda. Buni – siyosiy fikrlar aql va pragmatizmdan ustun kelishiga misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
Molodoy chelovek na fone ukrainskogo flaga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2021
Ukraina: inqiroz yubileyi
So‘ngi besh yilda O‘zbekiston MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni faollashtirish uchun ulkan qadamni tashladi. Bu Hamdo‘stlik mamlakatlaridagi boshqa hamkorlar tomonidan ham katta ishtiyoq bilan olqishlanmoqda. Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlaridan forumda ishtirok etish uchun vakillar O‘zbekistonning qo‘shnilar bilan tovar ayirboshlash hajmi sezilarli oshganini e’tirof etishdi.
Respublikaning qo‘shni Tojikiston bilan iki tomonlama munosabatlarida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlarni ham qayd etib o‘tish muhim: boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlanishiga halal beruvchi siyosiy to‘siqlar olib tashlandi, chegaraoldi bahslari tartibga solindi va albatta, transport aloqalari tiklandi.
Men prezidentlik vazifasini bajarishga kirishishi bilan Tojikiston va boshqa qo‘shnilar bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha qadamlarni tashlagan Shavkat Mirziyoyevdan juda minnatdorman. Afsuski, ba’zi maishiy darajadagi muammolar hamon bor – biz ikki mamlakat aholisi o‘rtasidagi chegarada yuz beradigan to‘qnashuvlar haqida xabardormiz.
Ammo eng muhimi, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari to‘qnashuvlar kelib chiqmasligini, muammolar tinch yo‘l bilan hal etilishini, bahslar faqat kelishuv yo‘li bilan hal etilishini istaydi.
- Ijroiya qo‘mitasi tomonidan hozirda qabul qilinayotgan ko‘plab hujjatlar 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Ularni hayotga tatbiq etish, jumladan, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan. Sizningcha, qaysi yo‘nalishlardagi harakatlarni faollashtirmoq kerak?
- Biz MDH maydonida ham uzoq xorijdagi davlatlar duch kelayotgan iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ammo bundan tashqari, bizga nisbatan sanksiyalar joriy qilingan, ular, biz bilamizki, Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi qator davlatlarga nisbatan asossiz kiritilmoqda.
Albatta, bu o‘rinda sanksiyalarning salbiy oqibatlarini yengish ustuvor vazifadir. MDH mamlakatlari bu iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun hamkorlikda qadam tashlamoqda.
Prodaves raskladivayet tovar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Putin MDH mamlakatlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini ko‘paytirishni topshirdi
Muammoning yechimi oson – bu o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, uzoq xorijdan import qilinayotgan tovarlar o‘rnini MDH mamlakatlarida ishlab chiqariluvchi mahsulotlarga almashtirish. Bu ishlab chiqaruvchi davlatlar uchun ham, ushbu mahsulotlar yetishmayotgan mamlakatlar uchun ham o‘zaro foydali.
Ustuvor yo‘nalishlardan biri – MDH mamlakatlarini energetika bilan ta’minlashdir. MDHning ba’zi mamlakatlarida energiya yetishmovchiligi, ba’zi davlatlarda esa ortib ketishi holatlari mavjud. Ayniqsa, bu Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun, jumladan, elektr energiyasining Rossiyadan Belarusga singari O‘zbekistondan Tojikistonga berilishi dolzarb.
- Hozirda MDHda samaradorlikni oshirish haqida tez-tez gapirilmoqda. Siz bu jarayonni qanday tasavvur etasiz va Hamdo‘stlik mamlakatlari zamonaviy realliklarga, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq yangi chaqiriqlarga qanday moslashmoqda?
- Biz doim o‘z faoliyatimiz, hamkorlik, aloqalarimizni takomillashtirish ustida ishlaymiz. Hamisha bir narsani ta’kidlayman: kimki zamon bilan hamqadam bo‘lmas ekan, u omadsizlikka yuz tutishi muqarrar. Aynan shu bois 2016-yilda MDH mamlakatlari rahbarlari tomonidan Hamdo‘stlikni zamonaviy reallikka moslashuvi haqida qaror qabul qilingan edi.
Biz dunyo miqyosida, shuningdek, bizda, Hamdo‘stlik mamlakatlaridagi yangi vaziyatlarni hisobga olgan holda ishlash uchun qator choralar ishlab chiqqanmiz. Jumladan, hozirda raqamlashtirish, mamlakatni, iqtisodni va boshqa jarayonlarni boshqarishda yangi texnologiyalarni joriy etish ustida faol ishlamoqdamiz.
Bundan tashqari, 60dan oshiq tarmoqlarning faoliyati samaradorligini oshirishga harakat qilmoqdamiz, bu tarmoqlar hamkorlikning turli yo‘nalishlarini nazorat qiladi. Son bilan emas, uquv bilan harakat qilmoqdamiz. Qaysi bir o‘rinlarda bu tashkilotlar sonini qisqartirishga to‘g‘ri keldi, ammo bu aslo ularni samaradorligi va faolligi susayishiga ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.
Shavkat Mirziyoyev vistupil s videoobrasheniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
O‘zbekistonning bosh maqsadi, vaksina siyosati va Afg‘oniston: Mirziyoyevning BMTdagi nutqi
Afg‘onistondagi vaziyat hushor torttirdi. Birinchi o‘rinda, albatta, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlar sergak tortishdi.
MDHning boshqa davlatlari Hamdo‘stlikning janubiy chegaralaridagi vaziyatni barqarorlashtirishga faol bosh qo‘shishganiga o‘zingiz guvohsiz: KXShT doirasida birgalikdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi, shuningdek, uch taraflama – Tojikiston-O‘zbekiston-Turkmaniston mashg‘ulotlar Tojikiston hududida ham o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Afg‘onistondagi ziddiyat va modaroli holat MDH mamlakatlariga ta’sir etmasligi to‘g‘risida KXShT doirasida va mamlakatlarimiz rahbarlari tomonidan siyosiy bayonotlar berildi. Markaziy Osiyo mamlaktalarida tinchlik va barqarorlik saqlanishiga katta umid bildiramiz.
- Siz O‘zbekistonda kutilayotgan tprezidentlik saylovlarida MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqdasiz. Ushbu missiya ishidagi ustuvor vazifa nimadan iborat?
- Hamdo‘stlikka a’zo barcha mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham, saylovlarni kuzatishda biz tayanadigan eng asosiy mezon – bu mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslik va bo‘lib turgan mamlakat qonunlariga qat’iy amal qilish. Birinchi galda saylov qonunlariga rioya etish.
Lideri politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii SIK, posvashennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
Biz kuzatamiz, ammo aralashmaymiz. Agar qaysidir o‘rinlarda qonun buzilishlariga guvoh bo‘lsak va tanbeh uchun asos paydo bo‘lsa, biz, g‘arblik sheriklarimiz singari mamlakatda demokratiya yo‘qligi haqida bong urmaymiz va buni saylovdan keyinga qoldirmaymiz.
Muhim jihati – MDH mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan kuzatuvchilar do‘st, qo‘shni sifatida va yaxshi niyatlarda kelishadi. Bizning maqsadimiz saylovda kamchiliklar topish emas, balki uni o‘tkazishga ko‘maklashish. Bu aslo aralashish emas, balki do‘stona maslahatlar. Bizni tinglashadi va tashakkur bildirishadi.
MDH mamlakatdlarida saylovlar demokratiya tamoyillari asosida, erkin o‘tkazilishi, eng muhimi ular orqali fuqarolarning erkin xohish-istaklari izhor etilishidan manfaatdormiz.
Ushbu vaziyatda bizning vazifamiz o‘zbek do‘stlarimizga saylovni xotirjam va munosib o‘tkazishda ko‘maklashish. Istagimiz – prezidentlik lavozimiga munosib nomzod saylansin.
Yangiliklar lentasi
0