O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLideri politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii SIK, posvashennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii
Lideri politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii SIK, posvashennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda prezident saylovlariga rasman start berilgan kun Sputnik O‘zbekiston muxbiri saylovda ishtirok etayotgan beshta partiya yetakchilari bilan uchrashdi va siyosatchilarning rejalariga qiziqib ko‘rdi.
O‘zbekistonda mamlakat prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga bugun, 23-iyul juma kuni, rasman start berildi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi saylov qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi kampaniyasi boshlanganligi mamlakat prezidenti vakolati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan e’lon qilinadi.
Bugundan boshlab partiyalar o‘z nomzodlarini rasman taqdim etishi, shuningdek hujjatlarni MSKga topshirishi mumkin.
Ayni vaqtda, prezident saylovlarida ishtirok etayotgan beshta partiya - "Adolat" Sotsial-demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDep), Xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiya o‘z nomzodlarini partiyaning eng Oliy organida tasdiqlatish ustida ish olib bormoqdalar.
Prezident saylovlariga rasman start berilgan kun Sputnik O‘zbekiston muxbiri saylovda ishtirok etayotgan partiyalar yetakchilari bilan uchrashdi va siyosatchilarning rejalariga qiziqib ko‘rdi.
Aktam Xaitov, O‘zLiDep Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi
- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi bu saylovga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. Hozirgi kunda tashkiliy jarayonlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirapmiz - siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasi majlisini o‘tkazib, saylovoldi shtabimizni to‘liq shakllantiramiz va syezdga tayyorgarlik ishlarimizni belgilab olamiz.
© Dilshoda RaxmatovaAktam Xaitov, predsedatel ispolkoma Politsoveta UzLiDep
Aktam Xaitov, predsedatel ispolkoma Politsoveta UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Aktam Xaitov, predsedatel ispolkoma Politsoveta UzLiDep
Oldimizda turgan eng katta vazifalardan biri – 2016-yilda saylovoldi dasturimizda belgilangan vazifalarni chuqur tahlil qilib, hozirgi saylovoldi dasturimizni nihoyasiga yetkazishdir.
Jumladan, dasturimizni 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar Strategiyasiga muvofiqlashtirganmiz.
Saylovoldi dasturimizdan o‘rin olgan asosiy masalalar quyidagilardir:
- Xalqimizni og‘irini yengil qilishga, ularni rozi qilishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish. Aholining kambag‘al qatlamini kambag‘allikdan chiqarish - ularni tadbirkorlikka, oilaviy tadbirkorlikka o‘rgatish, ya’ni ishbilarmon qilish, shu maqsadda qo‘llab-quvvatlash masalalariga juda katta e’tibor qaratapmiz. Oilaviy tadbirkorlik orqali aholining barcha qatlamlarini birlashtirish va birinchi navbatda yoshlar, ayollar masalalari e’tibor qaratish;
- Eng bebaho xazinamiz bo‘lgan – yer, yerdan foydalanish masalalari bo‘yicha samaradorlikni oshirish, bu borada shaffof tizimini yaratish.
- Eng katta masalalardan yana biri – iqtisodiyotning sog‘lom va raqobatbardoshligini ta’minlashdir. Bunda davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirib, davlat xususiy-sherikchilikni rivojlantirishni maqsad qilganmiz. Ayniqsa, tibbiyot, ta’lim, uy-joy kommunal xizmat, transport, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va qator sohalarda davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish orqali investitsiyalarni ko‘proq jalb qilish, yanada ko‘proq ish o‘rinlarini yaratish va xalqimizni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida urg‘u berapmiz.
- Raqamlashtrish – bu orqali elektron savdoni rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u beramiz va bu borada ham qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz.
- Sud-huquq yo‘nalishini takomillashtirish.
Bahrom Abduhalimov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
- Saylovlarga tayyorgarlikni bugun yoki kecha boshlaganimiz yo‘q, uzoq muddatdan buyon buni ustida ish olib borapmiz. Chunki bu dastur – nihoyatda mas’uliyatli, partiyaning buguni, ertasiga aniqlik kiritadigan hujjat. Ekspertlar guruhi shakllantirilgan, ulardan takliflar olganmiz. Xorijiy tajriba o‘rganilgan: dunyodagi sotsial-demokratik partiya dasturlarini, jumladan Rossiya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Yevropa davlatlari tajribasini o‘rgandik va shu bilan bir qatorda mahalliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz bilan boyitishga harakat qildik.
© Dilshoda RaxmatovaPredsedatel Politsoveta Sotsial-demokraticheskoy partii "Adolat", vitse-prezident Akademii nauk Baxrom Abduxalimov
Predsedatel Politsoveta Sotsial-demokraticheskoy partii Adolat, vitse-prezident Akademii nauk Baxrom Abduxalimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Predsedatel Politsoveta Sotsial-demokraticheskoy partii "Adolat", vitse-prezident Akademii nauk Baxrom Abduxalimov
"Adolat" partiyasi nomidan ma’lumki biz - adolatli jamiyat qurish tarafdorimiz. Har bir insonga teng sharoit yaratish, farovon hayot qurishga intilish, qolaversa, har bir fuqaroning huquqiy talablarini qoniqtirish masalasi kun tartibimizdan o‘rin olgan.
Shuningdek, hozirgi pandemiya sharoitidan xulosa qilgan holda tibbiyot sohasida tabobat bo‘yicha milliy dastur yaratish ustida ishlayapmiz. Chunki iqtisod qancha kuchli bo‘lishidan qat’iy nazar – agarda xalqda tibbiy madaniyat bo‘lmasa – kasallik rivojlanib borapti.
Undan tashqari, oliy ta’lim tizimini qamrab olamiz: har bitta davlatni kelajagi – kadrlardir, ularni tayyorlash masalasiga juda ko‘p narsa bog‘liq. Jumladan, darsliklar masalasi ko‘p yillardan buyon muhokama qilinadi, u bo‘yicha ishlayapmiz.
Umuman, gumanitar sohalar partiya uchun an’anaviy tus olgan. O‘zim gumanitar soha vakiliman, shu bois allomalar merosi va ularga bo‘lgan e’tibor masalalariga katta o‘rin berganmiz. Va yangiliklardan yana bittasi– dunyo mamlakatlari ilm-fansiz rivojlanmaydi. Shu nuqtayi-nazardan, dasturimizda ilm-fan taraqqiyoti bo‘yicha takliflarni jamlaganmiz, bu tadqiqotlarni moliyalashtirish masalasi bilan bog‘liq.
Faoliyatimizda dolzarb va qizg‘in palla eshik ochayotganini his etib turibmiz. Endi keng jamoatchilik ichiga chuqur kirib borish, insonlarning siyosiy va huquqiy savodxonligini yanada oshirish, elektoratimiz manfaatlarini himoya qilishga yanada faolroq kirishamiz.
Alisher Qodirov, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi rahbari
- "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi parlament saylovlari yakunlagandan keyinoq prezidentlik saylovlarida natija uchun harakat qilishni oldiga maqsad qilib, harakatlarni boshlagan edik. Dasturimizni takomillashtirish, nomzodlarni saralash kabi masalalar partiyani ichki tizimlari bilan amalga oshirildi.
Bugunoq partiyani Ijro qo‘mitasi majlisini o‘tkazamiz va partiya markaziy kengashi plenumi o‘tkaziladigan kunni belgilaymiz. Bu avgust oyining birinchi yarmida bo‘lishini rejalashtirapmiz. Ushbu plenumda partiyamizni prezidentlikka ko‘rsatadigan nomzodlari masalasida aniq bir to‘xtamga kelamiz va nomzodni ma’qullash uchun syezdga taqdim qilamiz.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLider partii "Milliy tiklanish" Alisher Kadirov
Lider partii Milliy tiklanish Alisher Kadirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2021
Lider partii "Milliy tiklanish" Alisher Kadirov
Butun dunyoda bugungi kunda insoniyatni ma’naviy-madaniy siljishlari ta’siri O‘zbekistonda ham sezilmoqda, bu o‘z-o‘zidan O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishdagi va tarixiy rivojlanishiga ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Mana shu jarayonlarda O‘zbekiston "Milliy tiklanish" partiyasi har qanday rivojlanishni qadriyatlar poydevori asosida bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi va partiyani ilgari suradigan dasturi aynan shu g‘oyalar asosida bo‘ladi.
Ulug‘bek Inoyatov, Xalq demokratik-partiyasi Markaziy Kengashi raisi
- Xalq demokratik partiyasi prezident saylovlarida ishtirok etish uchun barcha imkoniyat va resurslarni ishga solgan. Mana shu o‘tgan davr mobaynida nomzodimizning saylovoldi dasturi ustida ishladik va bu dasturni ishlash uchun quyi tizimgacha tushib, xalqimizni, elektoratimizni qiynayotgan masalalar, ularning yechimi bo‘yicha takliflari umumlashtirdik. Tayyorlangan dasturimizni ekspertlarga berdik, ekspertlarni fikrlarini oldik va ularni takomillashtirdik.
© Dilshoda RaxmatovaUlugbek Inoyatov, predsedatel Sentralnogo soveta Narodno-demokraticheskoy partii Uzbekistana
Ulugbek Inoyatov, predsedatel Sentralnogo soveta Narodno-demokraticheskoy partii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Ulugbek Inoyatov, predsedatel Sentralnogo soveta Narodno-demokraticheskoy partii Uzbekistana
Besh kun ichida vakolatli vakilimizni ro‘yxatdan o‘tkazish va 20 kun muddat ichida saylovlarda ishtirok etish uchun hujjatlarimizni taqdim etamiz va ro‘yxatdan o‘tganimizdan so‘ng Qurultoyimiz vaqtini belgilab, unda prezidentlikka nomzodimizni ko‘rsatamiz. Nomzodlar ro‘yxati shakllantirilgan. Albatta, ular ichida erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham bor. Nomzodlar xalqimiz tanigan, xalqimiz uchun ko‘p xizmat qilgan insonlardan iborat.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy elektorati bugungi kundagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qatlam hisoblanadi. Ular pensionerlar, ko‘p bolali onalar, yetim bolalar. Mana shu nuqtayi-nazardan nomzodimizni dasturida ularni qiynaydigan masalalar o‘rin olgan: bandlik, sog‘liqni saqlash, uy-joy ta’minoti, haq-huquqlarini ta’minlash va ta’lim olish. Shuningdek, dasturda nomzodimizni xalqaro siyosatdagi pozitsiyasi masalalari ham ko‘zda tutilgan.
Narzullo Oblomurodov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Eko-partiya rahbari Narzullo Oblomurodov partiya prezident saylovlarida ilk bor ishtirok etayotgani va saylovlarga tayyorligini ma’lum qildi.
© Dilshoda RaxmatovaNarzullo Oblomurodov, lider Ekopartii
Narzullo Oblomurodov, lider Ekopartii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Narzullo Oblomurodov, lider Ekopartii
Partiya o‘zining "Biz kelajak uchun javobgarmiz!" shioridan kelib chiqqan holda saylov dasturini tayyorlagan.
Partiya siyosiy hujjatidan:
- Ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish;
- Iqlim o‘zgarishlariga moslashish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi hududini yanada rivojlantirish;
- Davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-huquq tizimida islohotlar samaradorligini oshirish;
- Sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan va madaniy-ma’rifiy sohalarni yanada rivojlantirish;
- Tashqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish singari yo‘nalishlar o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0