AQSh Bosh shtabi rahbari amerikaliklar Afg‘onistonda mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
AQSh Bosh shtabi rahbari amerikaliklarning Afg‘onistondagi harakatlarini "mag‘lubiyat", deb nomladi
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Amerika garchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarning aksariyatini bajargan bo‘lsa-da, biroq Afg‘onistondagi urushni boy berdi va bu strategik mag‘lubiyat bo‘ldi. Bu haqda AQSh Bosh shtabi rahbari Mark Milli bayonot berdi.
Mark Milli senatdagi eshituvda AQSh Afg‘onistonda qator strategik xato qarorlarni qabul qilgan va bu oxir-oqibat AQSh mag‘lubiyatiga sabab bo‘lganini, jumladan, amerika hukumati toliblarga respublika hokimiyati tepasiga kelishiga halal bera olmaganini aytgan.
""Tolibon"* hokimiyatni mustahkamlay oladimi yoki mamlakat darz ketishda davom etadimi - bu noaniq", – deb aytgan Milli, uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Samolet afganskix VVS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2021
WSJ: afg‘on uchuvchilari O‘zbekistondan AQSh harbiy bazasiga olib ketiladi
AQSh Bosh shtabi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, "Tolibon"* harakati terrorchi tashkilotligicha qolmoqda va "Al-Qoida"* bilan munosabatlarni davom ettirmoqda.
Endilikda kelajakda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun xulosa chiqarish kerak, deb qo‘shimcha qildi u.
Qo‘shma Shtatlar va NATOga a’zo boshqa davlatlar bahorda Afg‘oniston hududidan o‘z qo‘shinlarini chiqara boshlagach, respublikada vaziyat keskin tus oldi. Avgust oyining o‘rtalariga kelib "Tolibon"* jagarilari Islom Respublikasidagi barcha yirik shaharlar va chegara o‘tish punktlarini egallab oldilar.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0