WSJ: afg‘on uchuvchilari O‘zbekistondan AQSh harbiy bazasiga olib ketiladi

© AP Photo / Rahmat GulSamolet afganskix VVS
Samolet afganskix VVS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2021
Obuna bo‘lish
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 585 nafar afg‘on uchuvchilari, ekipaj a’zolari va ularning yaqinlari AQShning Dohadagi harbiy bazasiga uchib ketadi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. AQSh va O‘zbekiston afg‘on uchuvchilari borasida kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra Afg‘oniston Harbiy havo kuchlari uchuvchilari oilalari bilan birgalikda Amerika harbiy bazasiga ko‘chiriladi. Bu xabarni “The Wall Street Journal” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, gap “Tolibon”* harakati hukumat tepasiga kelgandan keyin o‘z yaqinlari bilan harbiy samolyot va vertolotlarda O‘zbekistonga qochgan uchuvchilar haqida bormoqda. Toliblar ularni qaytarishga urinishgandi, deb yozadi RIA Novosti.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 585 nafar afg‘on uchuvchilari, ekipaj a’zolari va ularning yaqinlari AQShning Dohadagi harbiy bazasiga uchib ketadi. Biroq keyin ularning Qatardan AQShga va yoki boshqa joyga ketishi noma’lum.
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
O‘zbekistonda urib tushirilgan afg‘on HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi
Gazetaning yozishicha, O‘zbekistonda avvalroq Afg‘onistondan kelgan 46 ta samolyot va vertolot bo‘lib turibdi. “Tolibon”* ularni qaytarishni so‘ramoqda. Toliblar vakili Suhayl Shohin avvalroq uchuvchilarning mamlakatga qaytishlari lozimligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning ularga muhtojligi bor.
Eslatib o‘tamiz, bundan ilgari hududiga bir guruh afg‘on uchuvchilari qochgan O‘zbekiston hukumati AQShdan ularni “Tolibon”* harakati bilan “keskin munosabatlardan qochish” maqsadida tezroq boshqa uchinchi mamlakatga ko‘chirishni so‘rayotgani ma’lum bo‘lgandi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0