AQSh Mudofaa vazirligi “Al-Qoida”* hujumi tahdidini tan oldi

© AFP 2023 / JEWEL SAMADBoyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban
Boyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
General Mark Millining so‘zlariga ko‘ra, “Al-Qoida”* avvalgiday Afg‘onistonda qolmoqda va u yerda yangi kuch to‘plashi mumkin.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. “Al-Qoida”* Afg‘onistonda qolmoqda va mamlakatga egallab olgan “Tolibon”* bilan aloqalari bor. Bu haqda AQSh Senatidagi yig‘ilish vaqtida AQSh shtablari boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi raisi general Mark Milli ma’lum qildi.
“Al-Qoida* avgust o‘rtalarida Afg‘onistonda edi va hali ham u yerda qolmoqda”, - dedi u.
Millining so‘zlariga ko‘ra, toliblar “Al-Qoida”* bilan aloqada bo‘lib turibdi. Amerikalik general “Al-Qoida”* yoki IShID* Afg‘onistonda yangi kuch to‘plab, AQShga tahdid qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Bivshie boyeviki Talibana nesut svoe orujie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2020
BMT: “Tolibon” “Al-Qoida” bilan aloqalarni davom ettirmoqda
“Biz yodda tutishimiz darkorki, “Tolibon”* terrorchilik tashkiloti edi va shundayligicha qolmoqda. Ular hozirgacha “Al-Qoida”* bilan aloqalarni uzishmagan. <...> Biz AQSh xalqini Afg‘onistondan chiqayotgan terrorchilik hujumlardan himoya qilishimiz zarur”, - dedi u.
* Rossiya va ko‘plab mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiltotlari
Yangiliklar lentasi
0