https://oz.sputniknews.uz/20210928/ozbekistonda-ikki-fuqarolik-uchun-javobgarlik-belgilanmoqda-20671579.html
O‘zbekistonda ikki fuqarolik uchun javobgarlik belgilanmoqda
O‘zbekistonda ikki fuqarolik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar... 28.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-28T09:22+0500
2021-09-28T09:22+0500
2021-09-28T09:22+0500
jamiyat
fuqarolik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/430/21/4302147_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_52cb161a302dea88b0d8fea6b0c68a22.jpg
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. O‘zbekistonda ikki fuqarolik uchun javobgarlik belgilanmoqda, deb xabar berdi Migratsiya agentligi matbuot-xizmati.Xabarda ta’kidlanishicha, ba’zi xorijiy davlatlarda ikki fuqarolik qonun bilan taqiqlanmagani sababli amaliyotda O‘zbekiston fuqarolari orasida chet mamlakat fuqaroligini qabul qilish holatlari uchramoqda. "Amaldagi qonunlarga asosan, fuqarolarda ushbu fakt yuzasidan davlat organlariga xabar berish majburiyati mavjud emas. Kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va fuqarolarning mas’uliyatini oshirish maqsadida Qonunchilik palatasi yalpi majlisida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonuni loyihasi ma’qullangan", - deyiladi xabarda. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligida bo‘lgan va chet davlat fuqaroligini olgan shaxslarni, chet davlat fuqaroligini qabul qilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida xabar berish tartibi joriy qilinadi; - Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermaganligi uchun javobgarlik kiritiladi; - O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxs tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasporti yoki identifikatsiya ID-kartalaridan foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi; - davlat xizmatchilari yoki hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoki davlat organlarida tashkiliy-boshqaruv yoxud ma’muriy-xo‘jalik funksiyalarni bajaradigan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermagani uchun javobgarlik belgilanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210116/zbekiston-IIV-ikkinchi-fuarolikni-olgan-shakhslar-borasida-shimcha-izo-berdi-15799601.html
https://oz.sputniknews.uz/20201229/zbekistonda-15-yil-muim-yashaganlarga-tridan-tri-fuarolik-beriladi-15699099.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/430/21/4302147_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_a006ebce8927eedf78c2588f6b1eaf80.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, fuqarolik
O‘zbekistonda ikki fuqarolik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermaganligi uchun javobgarlik kiritiladi
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. O‘zbekistonda ikki fuqarolik uchun javobgarlik belgilanmoqda, deb xabar berdi Migratsiya agentligi matbuot-xizmati.
Xabarda ta’kidlanishicha, ba’zi xorijiy davlatlarda ikki fuqarolik qonun bilan taqiqlanmagani sababli amaliyotda O‘zbekiston fuqarolari orasida chet mamlakat fuqaroligini qabul qilish holatlari uchramoqda.
"Amaldagi qonunlarga asosan, fuqarolarda ushbu fakt yuzasidan davlat organlariga xabar berish majburiyati mavjud emas. Kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va fuqarolarning mas’uliyatini oshirish maqsadida Qonunchilik palatasi yalpi majlisida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonuni loyihasi ma’qullangan", - deyiladi xabarda.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligida bo‘lgan va chet davlat fuqaroligini olgan shaxslarni, chet davlat fuqaroligini qabul qilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida xabar berish tartibi joriy qilinadi;
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermaganligi uchun javobgarlik kiritiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxs tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasporti yoki identifikatsiya ID-kartalaridan foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi;
- davlat xizmatchilari yoki hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoki davlat organlarida tashkiliy-boshqaruv yoxud ma’muriy-xo‘jalik funksiyalarni bajaradigan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermagani uchun javobgarlik belgilanadi.