https://oz.sputniknews.uz/20210928/haydovchilar-yth-boyicha-iib-xodimlarisiz-hodisa-togrisidagi-xabarnomani-tuzishi-mumkin-20683332.html
Haydovchilar YTH bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin
Haydovchilar YTH bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Haydovchilar yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin. 28.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-28T18:51+0500
2021-09-28T18:51+0500
2021-09-28T18:51+0500
jamiyat
yth
haydovchilar
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1430/67/14306737_0:245:3071:1973_1920x0_80_0_0_a724317ac16addae07185f540feea549.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Hukumat qarori bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Qonunchilikka ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar IIB xodimlari ishtirokisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish orqali sug‘urta tovonini olish tartibi joriy etilgan.Shunga muvofiq, 2021-yil 1-noyabrgacha sug‘urta tashkilotlarining veb-saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi.Xabarnoma ikki nusxada quyidagi asoslar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lganida tuziladi:- jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;- ishtirokchilardan biri o‘z aybiga iqror bo‘lmaganida;- hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;- hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo‘lganida;- ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan bo‘lsa;- haydovchilik guvohnomasi, ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo‘l varaqasi mavjudligi;- haydovchilar mast bo‘lmasa;- transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.Qaror 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20210913/surxondaryoda-fojiali-yth-haydovchi-12-yoshli-qizni-urib-yubordi-20469274.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1430/67/14306737_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_1a39195dbc18e0f009d631dbb6d2de5d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yth, haydovchilar, iiv
jamiyat, yth, haydovchilar, iiv
Haydovchilar YTH bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin
Haydovchilar yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Hukumat qarori bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunchilikka ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar IIB xodimlari ishtirokisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish orqali sug‘urta tovonini olish tartibi joriy etilgan.
Shunga muvofiq, 2021-yil 1-noyabrgacha sug‘urta tashkilotlarining veb-saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi.
Xabarnoma ikki nusxada quyidagi asoslar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lganida tuziladi:
- jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
- ishtirokchilardan biri o‘z aybiga iqror bo‘lmaganida;
- hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
- hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo‘lganida;
- ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan bo‘lsa;
- haydovchilik guvohnomasi, ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo‘l varaqasi mavjudligi;
- haydovchilar mast bo‘lmasa;
- transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.
Qaror 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi.