Surxondaryoda fojiali YTH: haydovchi 12 yoshli qizni urib yubordi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishLenta ograjdeniya i znak peshexodnogo perexoda
Lenta ograjdeniya i znak peshexodnogo perexoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna bo‘lish
Sariosiyo tumanida “Matiz” haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli qizning umriga zomin bo‘ldi.
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Matiz” haydovchisi 12 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar qildi.
Hodisa 11-sentabr kuni soat 08:45 da N1583 Tortuli – Gazarak – Yorman avtomobil yo‘lida ro‘y bergan. Yuqori tezlikda harakatlanayotgan “Matiz” avtomobili yo‘lni kesib o‘tayotgan qizni urib yuborgan. Shundan so‘ng haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, mashina yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan qiz shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 1985-yilda tug‘ilgan haydovchi va uning yonida bo‘lgan yo‘lovchi ham shifoxonaga yotqizilgan.
Katalka dlya perevozki bolnix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Toshkentdagi YTHda tez yordam yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi
Qayd etilishicha, ushbu yo‘l mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, bu yerda harakat tezligi soatiga 70 kilometr bo‘lishi kerak. Bu qismda dislokatsiyada piyodalar o‘tish yo‘lakchasi o‘rnatish ko‘rsatilmagan. Hozirda bu yerda aholi gavjumligi hisobga olib, yo‘lakcha o‘rnatishga kelishib olingan.
Viloyat YHXB bo‘lim boshlig‘i G‘ayrat Turdiyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu joyda piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish va tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatish yuzasidan Sariosiyo tuman hokimligiga so‘rovnoma kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0