https://oz.sputniknews.uz/20210822/ozbekistondan-rossiyaga-qishloq-xojaligi-mahsulotlari-kopi-bilan-besh-kunda-etkazib-beriladi-20182296.html
O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pi bilan besh kunda yetkazib beriladi
O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pi bilan besh kunda yetkazib beriladi
Sputnik O‘zbekiston
“Agroekspress” muntazam marshrut poyezdi “yashil yo‘lak” tamoyili asosida tashkil etiladi. 22.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-22T10:36+0500
2021-08-22T10:36+0500
2023-04-05T18:34+0500
iqtisod
o‘zbekiston
meva-sabzavot
sardor umurzakov
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/95/11/951174_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_8add5804a69e91714bba8abcf3ac9ab1.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. “Agroekspress” muntazam marshrut poyezdi O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘pi bilan besh kunda yetkazib berishni ta’minlaydi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.Uchrashuv chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika hamkorligining keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida logistika yo‘laklarini rivojlantirish sohasidagi O‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.Hujjatda zarur infratuzilmani yaratish va tegishli logistika xizmatini tashkil etish bo‘yicha birinchi darajali chora-tadbirlar belgilangan.Hujjatda bojxona, sanitariya va fitosanitariya tartib-taomillarini takomillashtirish, ikki mamlakat o‘rtasida tovarlarni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, davlat organlari o‘rtasida raqamlashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik qilishning shakllari belgilangan.Unda, shuningdek, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, agro-logistika va ulgurji taqsimot markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlar qayd etilgan.Uchrashuv yakunida tomonlar munosabatlarning muhokama qilingan yo‘nalishlari doirasida amaliy hamkorlik qilish uchun navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar va yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan hal qilish maqsadida barcha darajalarda yaqin aloqalarni saqlab qolishga kelishib oldilar.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida “Agroekspresslar” yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210730/yana-bir-mamlakat-rf-ozbekiston-agroyolagiga-qoshiladi---buni-qanday-afzalliklari-bor-19881371.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/95/11/951174_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_1882ba85d59241f590c2095caaba6399.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, meva-sabzavot, sardor umurzakov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, meva-sabzavot, sardor umurzakov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, rossiya
O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pi bilan besh kunda yetkazib beriladi
10:36 22.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) “Agroekspress” muntazam marshrut poyezdi “yashil yo‘lak” tamoyili asosida tashkil etiladi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. “Agroekspress” muntazam marshrut poyezdi O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘pi bilan besh kunda yetkazib berishni ta’minlaydi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk bilan uchrashuvida
ma’lum qilindi. Uchrashuv chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika hamkorligining keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida logistika yo‘laklarini rivojlantirish sohasidagi O‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Hujjatda zarur infratuzilmani yaratish va tegishli logistika xizmatini tashkil etish bo‘yicha birinchi darajali chora-tadbirlar belgilangan.
Hujjatda bojxona, sanitariya va fitosanitariya tartib-taomillarini takomillashtirish, ikki mamlakat o‘rtasida tovarlarni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, davlat organlari o‘rtasida raqamlashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik qilishning shakllari belgilangan.
Unda, shuningdek, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, agro-logistika va ulgurji taqsimot markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlar qayd etilgan.
"Shunday chora-tadbirlardan biri “Agroekspress” muntazam marshrut poyezdini “yashil yo‘lak” tamoyili asosida tashkil etish bo‘lib, u O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘pi bilan besh kunda yetkazib berishni ta’minlaydi", - deyilgan
xabarda.Uchrashuv yakunida tomonlar munosabatlarning muhokama qilingan yo‘nalishlari doirasida amaliy hamkorlik qilish uchun navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar va yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan hal qilish maqsadida barcha darajalarda yaqin aloqalarni saqlab qolishga kelishib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida “Agroekspresslar” yo‘lga qo‘yilishi
xabar qilingan edi.