Tolibon* Afg‘oniston sobiq prezidenti olib qochgan mablag‘larni qaytarishni talab qilmoqda

© AFP 2023 / SAJJAD HUSSAINPrezident Afganistana Ashraf Gani
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Obuna bo‘lish
Muvaqqat hukumatining vazir o‘rinbosari Zabibulloh ta’kidiga ko‘ra, “Tolibon” * mamlakat sobiq prezidenti Ashraf G‘ani o‘g‘irlab olib qochgan mablag‘larni qaytarishni talab qilmoqda.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. “Tolibon”* afg‘onistonning yangi hukumati mamlakatdan qochgan prezident Ashraf G‘anini ekstraditsiya qilishni talab qilmaydi, lekin o‘zi bilan olib ketgan davlat mablag‘larini qaytarishni istaydi, dedi afg‘oniston madaniyat va axborot vazirining o‘rinbosari Zabibulloh Mujohid RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Tolibon”* Kobulni ishg‘ol qilganlaridan so‘ng, mamlakat sobiq prezidenti Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish” istagini aytib, mamlakatni tark etdi. Uch kundan so‘ng u BBAdan video murojjat chiqishini qilib, o‘z vataniga qaytishga va’da bergan.
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Qo‘rqoq va xoinmi? Afg‘on elchisi Ashraf G‘ani haqida
Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘ani avgust oyida Kobulni “Tolibon”* egallagandan so‘ng, "qirg‘inning oldini olish" istagini aytib, mamlakatni tark etdi. Uch kundan keyin u BAAdan video murojaat qilib, o‘z vataniga qaytishga va’da berdi.
"Yo‘q, biz Ashraf G‘anini ekstraditsiya qilishni talab qilmaymiz. Lekin Ashraf G‘ani mamlakat mablag‘larini o‘g‘irladi va biz ularni bankka qaytarishni talab qilamiz. Chunki bu mablag‘lar xalq va bizning banklarga tegishli", - deydi Mujohid.
* RFda ta’qiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0