Rishton tumanida Tojikiston mablag‘i hisobidan qurilgan bog‘cha ochildi
13:42 24.09.2021 (yangilandi: 17:17 24.09.2021)
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Kapalak” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. 2018 yilning mart oyida O‘zbekiston prezidentining Tojikiston Respublikasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuv asosida Tojikiston mablag‘lari hisobidan Farg‘ona viloyati Rishton tumanida qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining 24-sentabr kuni ochilish marosimi o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Seremoniya otkritiya detskogo sada v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Ochilish marosimida Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Imomzoda Muxammadusuf Saidali boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Farg‘ona viloyati Rishton tumani Uch ariq MFY hududida zamonaviy loyiha asosida 2 qavatli quvati 200 o‘ringa mo‘ljallangan “Kapalak” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish ishlari 2021-yil sentabr oyida ishlar yakunlandi. Yangi ochilgan 63-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tanlov asosida jami 53 nafar xodimlar qabul qilgan bo‘lib, bulardan 12 nafari Oliy ma’lumotli pedagok xodimlar hisoblanadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Seremoniya otkritiya detskogo sada v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Bugungi kunda Rishton tumanida ham bolajonlarni maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonlariga qamrab olishda bir qancha sa’y harakatlar amalga oshirilib kelmoqda, jumladan, 2021-yil sentabr oyi holatiga ko‘ra, 166 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ulardan 62 tasi Davlat va 104 tasi Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini hisoblanadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Seremoniya otkritiya detskogo sada v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Nodavlat mttlardan 95 tasi oilaviy MTTlar, 6 tasi davlat xususiy sherikchilik shaklidagi nodavlat MTTlar, 3 tasi xususiy nodavlat MTTlaridir. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 10090 nafar va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3295 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha qamrov foizi hozirgi kun holatiga 81,5 foiz bo‘lib, sezilarli darajada ko‘payib yil oxiriga qadar 85 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Ta’lim sifatini oshirish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida tizimda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.