Toshkent viloyatida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus MTT ishga tushirilmoqda

© Press-slujba MDO UzbekistanaRebenok v invalidnom kresle
Rebenok v invalidnom kresle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Obuna bo‘lish
MTTga Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida yashovchi, alohida ta’limga va reabilitatsiya protseduralariga muhtoj bolalarni qabul qilish choralari boshlangan
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. Joriy yil oktabr oyida Toshkent viloyati Qibray tumanida "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega yangi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti ochiladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri MTV axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
"Shu munosabat bilan, Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida yashovchi, alohida ta’limga va reabilitatsiya protseduralariga muhtoj bolalarni qabul qilish choralari boshlangan", - deb xabar qildi Sputnik muxbiriga MTV axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva. reabilitatsion tartib-taomillarga muhtoj bolalarni jalb qilish bo‘yicha tadbirlar boshlandi.
Detskiy sad v Karakalpakii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Sahrodagi qasrlar: Qoraqalpog‘iston bog‘chalari qanday isloh qilinmoqda? Sputnik reportaji
Asqarxo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, 23-24 sentabr kunlari "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga tanlash bo‘yicha tibbiy –psixologik-pedagogik komissiyaning yig‘ilishi tashkil etiladi.
Farzandlarini "Imkon"ga keyingi qabul qilish uchun ko‘rikka olib kelmoqchi bo‘lgan ota- -onalar soat 10:00 dan 16:00 gacha Toshkent viloyati, Qibray tumani, Darxon ko‘chasi, 201 manziliga taklif qilinadi.
Otkritie pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnim sentrom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2019
Shahnoza Mirziyoyeva Nukusda bolalar uchun ixtisoslashtirilgan markazni ochdi
Eslatib o‘tamiz, "Imkon" deb nomlangan reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotidir.
Ushbu tashkilot ikkita bo‘limdan iborat:
2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 10 guruhdan iborat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti (bolaning tashxisiga qarab); reabilitatsiya markazi – 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun. Birinchi bunday tashkilot 2019-yilda Nukus shahrida Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalar uchun ochilgan va birinchi "Imkon" faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishilgan.
Nukusdagi "Imkon" tarbiyalanuvchilari zamonaviy uslubiyatlarga o‘rgatilgan mutaxassislar, shuningdek innovatsion reabilitatsiya uskunalari yordamida maktabgacha ta’lim va reabilitatsion yordam olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yangiliklar lentasi
0