https://oz.sputniknews.uz/20210923/qoraqalpogistonda-fuqarolikni-olayotgan-shaxslardan-ortiqcha-jarima-undirilgani-aniqlandi-20617233.html
Qoraqalpog‘istonda fuqarolikni olayotgan shaxslardan ortiqcha jarima undirilgani aniqlandi
Qoraqalpog‘istonda fuqarolikni olayotgan shaxslardan ortiqcha jarima undirilgani aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Har bir fuqaroga o‘rtacha 33–35 ming so‘mdan ortiqcha jarima solinib, 157 nafar fuqarodan 5 million so‘m undirilgan. 23.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-23T10:41+0500
2021-09-23T10:41+0500
2021-09-23T10:41+0500
jamiyat
qoraqalpog‘iston
fuqarolik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15658976_0:1676:2048:2828_1920x0_80_0_0_a2c3c5cb6b795a3cfdb4aa6b17cd2855.jpg
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. 2020-yil yanvardan 2021-yil iyul oyigacha bo‘lgan muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bir qator tuman va shaharlarda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan fuqarolikni rasmiylashtirishga oid ish yurituvi tanlov yo‘li bilan o‘rganilgan.Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati ma’lum qildi.Aniqlanishicha, fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida 2020–2021 yillar davomida Qonliko‘l, Xo‘jayli, Ellikqal’a va Taxtako‘pir tumanlari Ichki ishlar bo‘limlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan jami 281 holatda jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari yuborilmagan.Xususan, 29 holatda fuqarolarga bayonnoma rasmiylashtirishda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 281-moddasi talablariga rioya etilmagan bo‘lsa, 19 holatda bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarlarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilmagan va bu haqda bayonnomada aks ettirilmagan.Bundan tashqari, ayrim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va tegishli bayonnoma rasmiylashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan. Ularning mansabdor shaxslari tomonidan jami 68 holatda kodeksning 310-moddasiga muvofiq tegishli qarorlar qabul qilinmasdan fuqarolardan jarimalar undirilgan.Shuningdek, ushbu kodeksning 3321-moddasi talablarini buzgan holda jami 157 holatda jarima miqdorining 100 foizi undirilgan. Bunda har bir fuqaroga o‘rtacha (belgilangan jarimaning yetmish foizidan ortig‘i, ya’ni o‘ttiz foizini qo‘shib) 33–35 ming so‘mdan ortiqcha jarima solinib, 157 nafar fuqarodan 5 mln so‘m undirilgan.Bundan tashqari, ayrim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan talablar buzilgan holda jami 13 holatda jarima solish haqidagi qaror jarimani majburiy tarzda undirib olish uchun yuborilmay qolgan, belgilangan muddatdan kechikib undirilgan yoki shu kunga qadar undirilmagan.Mazkur o‘rganish ishlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bilan birgalikda amalga oshirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210923/ozbekiston-fuqarosisizlar-nega-poytaxtda-yashash-mumkin-emas---mirziyoev-propiska-haqida-20615520.html
https://oz.sputniknews.uz/20201229/zbekistonda-15-yil-muim-yashaganlarga-tridan-tri-fuarolik-beriladi-15699099.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15658976_0:1484:2048:3020_1920x0_80_0_0_0331615a78ea09820e33b9694e1c11c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qoraqalpog‘iston, fuqarolik
jamiyat, qoraqalpog‘iston, fuqarolik
Qoraqalpog‘istonda fuqarolikni olayotgan shaxslardan ortiqcha jarima undirilgani aniqlandi
Har bir fuqaroga o‘rtacha 33–35 ming so‘mdan ortiqcha jarima solinib, 157 nafar fuqarodan 5 million so‘m undirilgan.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. 2020-yil yanvardan 2021-yil iyul oyigacha bo‘lgan muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bir qator tuman va shaharlarda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan fuqarolikni rasmiylashtirishga oid ish yurituvi tanlov yo‘li bilan o‘rganilgan.
Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida 2020–2021 yillar davomida Qonliko‘l, Xo‘jayli, Ellikqal’a va Taxtako‘pir tumanlari Ichki ishlar bo‘limlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan jami 281 holatda jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari yuborilmagan.
Xususan, 29 holatda fuqarolarga bayonnoma rasmiylashtirishda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 281-moddasi talablariga rioya etilmagan bo‘lsa, 19 holatda bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarlarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilmagan va bu haqda bayonnomada aks ettirilmagan.
Bundan tashqari, ayrim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va tegishli bayonnoma rasmiylashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan. Ularning mansabdor shaxslari tomonidan jami 68 holatda kodeksning 310-moddasiga muvofiq tegishli qarorlar qabul qilinmasdan fuqarolardan jarimalar undirilgan.
Shuningdek, ushbu kodeksning 3321-moddasi talablarini buzgan holda jami 157 holatda jarima miqdorining 100 foizi undirilgan. Bunda har bir fuqaroga o‘rtacha (belgilangan jarimaning yetmish foizidan ortig‘i, ya’ni o‘ttiz foizini qo‘shib) 33–35 ming so‘mdan ortiqcha jarima solinib, 157 nafar fuqarodan 5 mln so‘m undirilgan.
Bundan tashqari, ayrim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan talablar buzilgan holda jami 13 holatda jarima solish haqidagi qaror jarimani majburiy tarzda undirib olish uchun yuborilmay qolgan, belgilangan muddatdan kechikib undirilgan yoki shu kunga qadar undirilmagan.
Mazkur o‘rganish ishlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bilan birgalikda amalga oshirilgan.