Yana ayollarsiz: Afg‘oniston muvaqqat hukumatida vazir o‘rinbosarlari tayinlandi

© Sputnik / Stringer Bivshaya krupnaya baza SShA v Xoste pod kontrolem talibov
Bivshaya krupnaya baza SShA v Xoste pod kontrolem talibov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatda turli idoralar vazir o‘rinbosarlari keltirilgan, ularning ayrimlari tadbirkorlar va o‘z sohalarining mutaxassislaridir.
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. "Tolibon"* hukumati Afg‘onistonning yangi hukumatidagi vazirlar o‘rinbosarlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda toliblar vakili Zabiullo Mo‘johidning so‘zlariga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
"(Toliblar yetakchisi Xaybatulloh Oxunzodning - tahr.) farmoniga ko‘ra Islom amirligida (toliblar tizimining nomi - tahr.) quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi... Yetuk malaka va kompetensiya asosida amalga oshirilgan yangi tayinlovlar Islom amirligining bundan keyin mustahkamlanib borishi hamda uning tuzilmalarini standartlashtirishga xizmat qiladi", - deyiladi Mujohid bayonotida.
Spetsialniy predstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Afg‘onistonga muloqot orqali yordam berishni o‘ylash kerak – Ismatulla Ergashev
Ro‘yxatda turli idoralar vazir o‘rinbosarlari keltirilgan, ularning ayrimlari tadbirkorlar va o‘z sohalarining mutaxassislaridir. Jumladan, savdo vaziri vazifasini bajaruvchi etib Hoji Noruddin Aziziy, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib Abdula Bari Umar tayinlangani e’lon qilingan.
Avgust oyi boshida toliblar Afg‘oniston hukumat kuchlariga hujumlarni faollashtirdilar. 15-avgust kuni ular Qobulga kirib borib, urush yakunlanganini e’lon qildi. Avgust oyining oxirgi ikki haftasida amerika harbiylari qo‘rig‘ida bo‘lgan Qobul aeroportidan G‘arb mamlakatlari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarning ommaviy evakuatsiyasi amalga oshirildi. 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Qobul aeroportini tark etishdi, bu bilan AQShning Afg‘onistondagi 20-yillik faoliyatiga chek qo‘yildi. 6-sentabr kuni toliblar janglardan so‘ng 34 afg‘on provinsiyasining eng so‘nggisi - Panjsher ular nazoratiga o‘tgani haqida bayonot berdi.
Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Surxondaryodagi afg‘on investorlari viza masalasida yechim kutmoqda
Ertasi kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi. "Tolibon"*ning birinchi hukmronligi vaqtida TIV rahbari kursisini egallagan va 2001-yildan buyon BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund muvaqqat hukumat rahbari etib tayinlandi.
* RFda ta’qiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0