https://oz.sputniknews.uz/20210920/afgoniston--ergashev-20574318.html
Afg‘onistonga muloqot orqali yordam berishni o‘ylash kerak – Ismatulla Ergashev
Afg‘onistonga muloqot orqali yordam berishni o‘ylash kerak – Ismatulla Ergashev
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev keyingi yil boshida bo‘lib o‘tadigan mazkur yuqori darajadagi uchrashuv Afg‘onistondagi... 20.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-20T20:25+0500
2021-09-20T20:25+0500
2021-09-20T20:25+0500
siyosat
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20574032_0:92:1301:823_1920x0_80_0_0_22cf144444962e55a1e2f7997417149b.jpg
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” konferensiyasining ikkinchi majlisi “Mintaqaviy xavfsizlik: ichki va tashqi omillar” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Sputnik muxbiri yopiq formatda o‘tkazilgan mazkur sessiyaning asosiy spikerlaridan biri O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashevdan eksklyuziv intervyu oldi.- Ikkinchi sessiya kun tartibiga qaraganda, asosiy e’tibor Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan. Bu borada qanday fikrlar o‘rtaga tashlandi?- Darhaqiqat, ikkinchi sessiyamiz davomida bu mavzu yuzasidan turli mulohazalar bildirilgan bo‘lsada, asosiy nuqtada, ya’ni Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha mamlakatlarimizning yondashuvi uyg‘un. Bu borada hamkorlikda ishlashimiz, Afg‘onistonni kelajakda jahon hamjamiyatining to‘laqonli a’zosiga aylanishiga yordam berishga tayyorligimizni bildirdik. Bugun Afg‘oniston gumanitar inqirozga yuz tutib turibdi, biz bu davlatga insonparvarlik yordami ko‘rsatishimiz, gumanitar koridorlar tashkil etishimiz talab qilinadi. Yana shu masalada ham hamfikrmizki, Afg‘onistonda so‘nggi 20-yil ichida erishilgan natijalarni, jumladan, turli davlat institutlarini saqlab qolishga erishish lozim, inson huquqlari, ayollar huquqlari ta’minlanishi kerak. Afg‘onistonda shakllanayotgan yangi muvaqqat hukumat bilan normal pragmatik muloqot orqali vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, haqiqiy inklyuziv hukumatni tuzishga erishish taqozo etiladi. Mana shunday konstruktiv dialog orqali afg‘on zaminida mustahkam tinchlik o‘rnatishga yordam berishga tayyormiz.- Albatta, jafokash afg‘on zaminida tinchlik o‘rnatilishidan jahon ommasi, ayniqsa chegaradosh mamlakatlar manfaatdor. Lekin Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tarkibi e’lon qilingandan so‘ng turli davlatlar unga turlicha munosabat bildirdilar.- Bilasizmi, bugungi “Valday” klubi muloqotida ham bu borada qiziq fikrlar o‘rtaga tashlandi. Ya’ni, toliblarning muvaqqat hokimiyati e’lon qilingach, dunyo ikki lagerga bo‘lindi – biri yangi hukumatning hayotini yengillashtirish tarafdori, ikkinchisi xuddi o‘sha hukumatning hayotini murakkablashtirish tarafdori. Biz qaysi tomondamiz? Rossiya ham, O‘zbekiston ham yangi hukumat hayotini yengillashtirish tarafdori. Biz afg‘on xalqi gumanitar inqirozga yuz tutayotgan bir paytda, unga qarshi sanksiyalar qo‘llash orqali emas, balki muloqot orqali yordam berishni o‘ylashimiz kerak. Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning xalqaro aktivlarini sanksiyalar ta’siridan chiqarish taklifini o‘rtaga tashladi, toki hokimiyat bu mablag‘larni ichki ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirsin. Bugungi muloqot chog‘ida rossiyalik hamkorlarimiz ham bu fikrni to‘la qo‘llab-quvvatladilar.- O‘zbekiston afg‘on xalqiga gumanitar yordamdan tashqari, uning iqtisodini tiklashga qaratilgan keng ko‘lamli iqtisodiy loyihalarni ham amalga oshiradimi?- Albatta, yaqin kelajakda afg‘on hukumatining davlat tuzilmalari to‘laqonli faoliyatini boshlagandan so‘ng, keng ko‘lamli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Biz bu jarayonlardan chetda turomaymiz, bu davlat bizning yon qo‘shnimiz. Umid qilamizki, yaqin keldajakda o‘zbek-afg‘on savdo-iqtisodiy munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etiladigan majlislar o‘tkaziladi. Shuningdek, afg‘on rahbariyati a’zolari O‘zbekiston tomonidan rejalashtirilayotgan “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi hamda “Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishini yuz foiz qo‘llab quvvatlaymiz va Ashraf G‘ani hokimiyatidan farqli o‘laroq, zarur chora-tadbirlarni tezda amalga oshiramiz, deb va’da berishgan.- Muvaqqat afg‘on hukumati vakillarini “Valday” klubiga taklif etish taklifi ko‘rib chiqilmadimi?- Bu juda qiziq fikr, ehtimol, kelgusi yig‘ilishlarimizda ularni ham bu munozara maydoniga taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz. Bugungi munozara qatnashchilari O‘zbekiston prezidentning Dushanbe sammitida bildirgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashganini yuqorida aytib o‘tdim. Shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, O‘zbekiston keyingi yil ushbu takshkilotdagi raisligidan foydalanib, ShHTga a’zo mamlakatlar, kuzatuvchilar va hamkor davlatlar ishtirokida Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilashga bag‘ishlangan majlis anjuman tashabbusi ham bildirildi. Va bugungi ekspertlar buni o‘z vaqtida bildirilgan taklif deya e’tirof etishdi. Umid qilamizki, keyingi yil boshida bo‘lib o‘tadigan mazkur yuqori darajadagi uchrashuv Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglashga, u yerda mustahkam tinchlik o‘rnatishga jiddiy hissa qo‘shadi. Chunki Afg‘oniston o‘z geografik joylashuviga ko‘ra, ShHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida joylashgan. Bu esa Afg‘onistonga nisbatan ushbu tashkilot ta’sir kuchini sezilarli oshiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20210920/biz-afgonistondagi-hozirgi-mavjud-siyosiy-kuch-bilan-ish-olib-borishimiz-kerak--safoev-20573587.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20574032_40:0:1259:914_1920x0_80_0_0_ca503c5af7950b81c4c7f538205a7bb3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston
Afg‘onistonga muloqot orqali yordam berishni o‘ylash kerak – Ismatulla Ergashev
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev keyingi yil boshida bo‘lib o‘tadigan mazkur yuqori darajadagi uchrashuv Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglashga, u yerda mustahkam tinchlik o‘rnatishga jiddiy hissa qo‘shishiga umid bildirdi.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” konferensiyasining ikkinchi majlisi “Mintaqaviy xavfsizlik: ichki va tashqi omillar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Sputnik muxbiri yopiq formatda o‘tkazilgan mazkur sessiyaning asosiy spikerlaridan biri O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashevdan eksklyuziv intervyu oldi.
- Ikkinchi sessiya kun tartibiga qaraganda, asosiy e’tibor Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan. Bu borada qanday fikrlar o‘rtaga tashlandi?
- Darhaqiqat, ikkinchi sessiyamiz davomida bu mavzu yuzasidan turli mulohazalar bildirilgan bo‘lsada, asosiy nuqtada, ya’ni Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha mamlakatlarimizning yondashuvi uyg‘un. Bu borada hamkorlikda ishlashimiz, Afg‘onistonni kelajakda jahon hamjamiyatining to‘laqonli a’zosiga aylanishiga yordam berishga tayyorligimizni bildirdik. Bugun Afg‘oniston gumanitar inqirozga yuz tutib turibdi, biz bu davlatga insonparvarlik yordami ko‘rsatishimiz, gumanitar koridorlar tashkil etishimiz talab qilinadi. Yana shu masalada ham hamfikrmizki, Afg‘onistonda so‘nggi 20-yil ichida erishilgan natijalarni, jumladan, turli davlat institutlarini saqlab qolishga erishish lozim, inson huquqlari, ayollar huquqlari ta’minlanishi kerak. Afg‘onistonda shakllanayotgan yangi muvaqqat hukumat bilan normal pragmatik muloqot orqali vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, haqiqiy inklyuziv hukumatni tuzishga erishish taqozo etiladi. Mana shunday konstruktiv dialog orqali afg‘on zaminida mustahkam tinchlik o‘rnatishga yordam berishga tayyormiz.
- Albatta, jafokash afg‘on zaminida tinchlik o‘rnatilishidan jahon ommasi, ayniqsa chegaradosh mamlakatlar manfaatdor. Lekin Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tarkibi e’lon qilingandan so‘ng turli davlatlar unga turlicha munosabat bildirdilar.
- Bilasizmi, bugungi “Valday” klubi muloqotida ham bu borada qiziq fikrlar o‘rtaga tashlandi. Ya’ni, toliblarning muvaqqat hokimiyati e’lon qilingach, dunyo ikki lagerga bo‘lindi – biri yangi hukumatning hayotini yengillashtirish tarafdori, ikkinchisi xuddi o‘sha hukumatning hayotini murakkablashtirish tarafdori. Biz qaysi tomondamiz? Rossiya ham, O‘zbekiston ham yangi hukumat hayotini yengillashtirish tarafdori. Biz afg‘on xalqi gumanitar inqirozga yuz tutayotgan bir paytda, unga qarshi sanksiyalar qo‘llash orqali emas, balki muloqot orqali yordam berishni o‘ylashimiz kerak. Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning xalqaro aktivlarini sanksiyalar ta’siridan chiqarish taklifini o‘rtaga tashladi, toki hokimiyat bu mablag‘larni ichki ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirsin. Bugungi muloqot chog‘ida rossiyalik hamkorlarimiz ham bu fikrni to‘la qo‘llab-quvvatladilar.
- O‘zbekiston afg‘on xalqiga gumanitar yordamdan tashqari, uning iqtisodini tiklashga qaratilgan keng ko‘lamli iqtisodiy loyihalarni ham amalga oshiradimi?
- Albatta, yaqin kelajakda afg‘on hukumatining davlat tuzilmalari to‘laqonli faoliyatini boshlagandan so‘ng, keng ko‘lamli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Biz bu jarayonlardan chetda turomaymiz, bu davlat bizning yon qo‘shnimiz. Umid qilamizki, yaqin keldajakda o‘zbek-afg‘on savdo-iqtisodiy munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etiladigan majlislar o‘tkaziladi. Shuningdek, afg‘on rahbariyati a’zolari O‘zbekiston tomonidan rejalashtirilayotgan “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi hamda “Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishini yuz foiz qo‘llab quvvatlaymiz va Ashraf G‘ani hokimiyatidan farqli o‘laroq, zarur chora-tadbirlarni tezda amalga oshiramiz, deb va’da berishgan.
- Muvaqqat afg‘on hukumati vakillarini “Valday” klubiga taklif etish taklifi ko‘rib chiqilmadimi?
- Bu juda qiziq fikr, ehtimol, kelgusi yig‘ilishlarimizda ularni ham bu munozara maydoniga taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz. Bugungi munozara qatnashchilari O‘zbekiston prezidentning Dushanbe sammitida bildirgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashganini yuqorida aytib o‘tdim. Shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, O‘zbekiston keyingi yil ushbu takshkilotdagi raisligidan foydalanib, ShHTga a’zo mamlakatlar, kuzatuvchilar va hamkor davlatlar ishtirokida Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilashga bag‘ishlangan majlis anjuman tashabbusi ham bildirildi. Va bugungi ekspertlar buni o‘z vaqtida bildirilgan taklif deya e’tirof etishdi. Umid qilamizki, keyingi yil boshida bo‘lib o‘tadigan mazkur yuqori darajadagi uchrashuv Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglashga, u yerda mustahkam tinchlik o‘rnatishga jiddiy hissa qo‘shadi. Chunki Afg‘oniston o‘z geografik joylashuviga ko‘ra, ShHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida joylashgan. Bu esa Afg‘onistonga nisbatan ushbu tashkilot ta’sir kuchini sezilarli oshiradi.