Patrushev: AQShning dunyo bo‘ylab biolaboratoriyalari millionlab insonlar hayotiga xavf solmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishSekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev, arxivnoe foto
Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Patrushev amerikaning butun dunyo bo‘ylab tashkil etilgan biolaboratoriyalari haqida gapirdi
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. AQShning dunyo bo‘ylab joylashgan biologik laboratoriyalari o‘nlab million odamlar hayotlariga xavf soladi, deb bayonot qildi RF Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev. RIA Novosti xabari asosida.
"Inson huquqlari nima degani? Erkinlik, hayot muhofazasi, sog‘liq, qonun va sud oldida tenglik, shaxs sha’ni va ko‘plab boshqa narsalar. G‘arb inson huquqlari haqida qayg‘urmoqda, aslida esa ularni ommaviy tartibda buzadi. Misol uchun, Vashington tomonidan butun dunyo bo‘ylab tashkil etilayotgan biologik laboratoriyalar o‘nlab million insonlar salomatligiga tahdid solmoqda va bu bilan ular huquqini poymol etmoqda", - dedi Patrushev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning o‘zida boshqacha fikrlash ta’qib qilinadi, ko‘plab odamlar normal tibbiy xizmat olish huquqidan mahrum, sud va politsiyachilar adolatli qarorni hamma irq va millat vakillariga nisbatan chiqaravermaydi.
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
O‘zbekistonda biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallangan laboratoriyalar yo‘q – TIV
"Xuddi shunga o‘xshash voqea Yevropada ro‘y bermoqda. Boltiqbo‘yida, masalan, rusiyzabon aholiga nisbatan haqiqiy aparteid siyosati o‘tkaziladi. Odamlar yillar davomida fuqaroliksiz yashashadi, ya’ni huquq maydonidan tashqarida, ular tomonidan rus tilining qo‘llanilishi esa huquqbuzarlik hisoblanadi. Ukrainada hukumat rus tili va tub xalqlar to‘g‘risida diskriminatsiyalovchi qonunlarni qabul qilmoqda, AQSh va Yevropada esa buni go‘yoki payqashmayapti, yoki xaspo‘shlashmoqda", - deya ta’kidladi Patrushev.
Joriy yil aprel oyida Patrushev "Kommersant" nashriga bergan intervyusida dunyoda, ayniqsa, Rossiya va Xitoy chegaralarida amerika nazoratida bo‘lgan yangi biolaboratoriyalar "xamirturushda ko‘pchiganday" bolalab ketayotgani haqida gapirgan edi. "U yerda biologik qurol ishlab chiqilmoqda, deyish uchun jiddiy asoslar bor", degan edi Patrushev.
Deputat Gosdumi RF, vrach-epidemiolog Gennadiy Onishenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
MDH davlatlardagi AQSh biolaboratoriyalari xavfli – Onishenko
May oyida RF Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari Yuriy Averyanov RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya chegaralari yaqinida joylashgan AQSh va NATO laboratoriyalaridagi halokatli mikroblar "go‘yoki kutilmaganda" tabiatga chiqib ketib, Rossiya hududida va unga chegaradosh mamlakatlarda odamlarni ommaviy halok qilishi mumkinligi haqida ta’kidlagan edi.
Averyanovning aytishicha, AQSh ko‘plab davlatlar uchun individual, birinchi galda harbiy mazmunga ega bo‘lgan biologik tadqiqot rejalarini ishlab chiqmoqda, va ularni bajarilishini tinchlikparvarlik deya ko‘rsatiluvchi hamkorlik dasturlari orqali tiqishtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0