Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi: prezident saylovchilar bilan uchrashadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na trape samolyota
Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Shuningdek, safar davomida Mirziyoyevning turli maskanlarga tashrifi ham rejalashtirilgan.
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvi Qoraqalpog‘istondan boshlanadi. Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumki, shu yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda kecha, 20-sentabrdan boshlab prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotlarini boshlashga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.
Lideri politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii SIK, posvashennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
"Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvi Qoraqalpog‘istondan boshlanadi. Shu maqsadda Prezidentimiz 21-sentabr kuni Nukusga jo‘nab ketdi", - deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.
Shuningdek, safar davomida turli maskanlarga tashrif ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisovani, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimovni, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirovni hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzullani O‘zbekiston prezidentligiga ro‘yxatga olgan.
Yangiliklar lentasi
0