SSV: tibbiyot xodimlarining 71,6 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaksinatsiya v Tashkente
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2021
Obuna bo‘lish
15 sentabr holatiga ko‘ra tibbiyot xodimlarini emlash uchun 982 144 doza vaksina ishlatilgan.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 452 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmatining emlash jarayonlarining 5 yarim oylik tahlillariga oid taqdim etgan ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, 15-sentabr holatiga ko‘ra tibbiyot xodimlarini emlash uchun 982 144 doza vaksina ishlatilgan.
452 205 nafar tibbiyot xodimi virusga qarshi 1-doza vaksinalari bilan emlangan bo‘lsa, ularning 324 253 nafari koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
“Shunday qilib, emlanishi kerak bo‘lgan tibbiyot xodimlarining 71,6 foizi to‘liq emlanganini ko‘rishimiz mumkin”, - deyilgan xabarda.
Mamlakatda emlanish jarayoni boshlangandan buyon ayni kungacha jami 18 273 581 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 3 669 298 nafarni tashkil qilmoqda.
Vaksinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2021
O‘zbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi
Yangiliklar lentasi
0