https://oz.sputniknews.uz/20210803/ozbekistonda-majburiy-emlash-haqidagi-qonun-kuchga-kirdi-19925085.html
O‘zbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi
O‘zbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi
Sputnik O‘zbekiston
Qonun prezident tomonidan imzolandi. Endi ish beruvchi emlanmagan xodimni ishga qo‘ymaslikka haqli 03.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-03T10:06+0500
2021-08-03T10:06+0500
2021-08-03T10:06+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0e/19671152_0:118:2256:1387_1920x0_80_0_0_baaba2d14d9ea08429981710e4581767.jpg
TOShKENT, 3 avg - Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar berdi "Xalq so‘zi" nashri.Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligiga oid ko‘shimcha kiritildi.“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilandi.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan, ya’ni bugundan kuchga kiradi.Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, 2-avgust kuni O‘zbekistonda 899 nafar kishida koronavirus aniqlangan, 7 nafar bemor vafot etgan. Kovidga chalinganlar jami soni 131978 nafarga yetgan.Shuningdek, 516 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 11883 nafarga yetdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210727/emlash-majburiy-bolishi-kerak---ozbekiston-bosh-epidemiologi-19843224.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0e/19671152_126:0:2131:1504_1920x0_80_0_0_a0490f9cf6366ba239d3a643ab53650d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
O‘zbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi
Qonun prezident tomonidan imzolandi. Endi ish beruvchi emlanmagan xodimni ishga qo‘ymaslikka haqli
TOShKENT, 3 avg - Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb
xabar berdi "Xalq so‘zi" nashri.
Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligiga oid ko‘shimcha kiritildi.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan, ya’ni bugundan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, 2-avgust kuni O‘zbekistonda 899 nafar kishida koronavirus aniqlangan, 7 nafar bemor vafot etgan. Kovidga chalinganlar jami soni 131978 nafarga yetgan.
Shuningdek, 516 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 11883 nafarga yetdi.