https://oz.sputniknews.uz/20210918/piyoda-eng-kop-yurganlarga-pul-tolash-toxtatildi-sabab-20544109.html
Piyoda eng ko‘p yurganlarga pul to‘lash to‘xtatildi - sabab
Piyoda eng ko‘p yurganlarga pul to‘lash to‘xtatildi - sabab
Sputnik O‘zbekiston
1hls.uz mobil ilovasi po‘l to‘lash vaqtincha to‘xtatildi. 18.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-18T11:06+0500
2021-09-18T11:06+0500
2021-09-18T11:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1107/75/11077511_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_e2f49e3e32353a02dfd952aded75ce41.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Turizm va sport vazirligi 14-sentabrdan boshlab 1hls.uz mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilganligini ma’lum qildi.O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish bo‘yicha “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi, ya’ni www.1hls.uz veb-sahifasi hamda mobil ilovasi ishga tushirilgandi.10 iyundan 13-sentabrga qadar bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yosh va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamoniga jami 9,4 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.Shuningdek, har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga qo‘shimcha ravishda 1 mln. so‘m to‘lanib, joriy yil iyun-avgust oylari davomida jami 206,7 mln. so‘m mablag‘ foydalanuvchilar elektron hamoniga o‘tkazib berildi.Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir meyorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, mazkur shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 500,0 mln. so‘mdan kam mablag‘ qolsa, mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar, ushbu shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 5,0 mlrd. so‘mgacha mablag‘ yig‘ilgunga qadar avtomatik tarzda to‘xtatilishi belgilab qo‘yilgan.Bunda, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘lar 5,0 mlrd. so‘mga yetgunga qadar mobil ilovada o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga to‘lanadigan to‘lovlar to‘lanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.Vazirlik 14-sentabrdan boshlab mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilganligini ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210714/iyun-oyida-eng-kop-yurganlarga-qariyb-69-mln-som-tolab-berildi-19682154.html
https://oz.sputniknews.uz/20210503/ozbekistonda-10-ming-qadam-yurgan-fuqarolarga-pul-tolash-boshlanadi-18603425.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1107/75/11077511_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fca3ae7976c75110600925675cf96870.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston
Piyoda eng ko‘p yurganlarga pul to‘lash to‘xtatildi - sabab
11:06 18.09.2021 (yangilandi: 11:14 18.09.2021) 1hls.uz mobil ilovasi po‘l to‘lash vaqtincha to‘xtatildi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Turizm va sport vazirligi 14-sentabrdan boshlab 1hls.uz mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilganligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish bo‘yicha “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi, ya’ni www.1hls.uz veb-sahifasi hamda mobil ilovasi ishga tushirilgandi.
10 iyundan 13-sentabrga qadar bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yosh va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamoniga jami 9,4 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.
Shuningdek, har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga qo‘shimcha ravishda 1 mln. so‘m to‘lanib, joriy yil iyun-avgust oylari davomida jami 206,7 mln. so‘m mablag‘ foydalanuvchilar elektron hamoniga o‘tkazib berildi.
Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir meyorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, mazkur shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 500,0 mln. so‘mdan kam mablag‘ qolsa, mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar, ushbu shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 5,0 mlrd. so‘mgacha mablag‘ yig‘ilgunga qadar avtomatik tarzda to‘xtatilishi belgilab qo‘yilgan.
Bunda, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘lar 5,0 mlrd. so‘mga yetgunga qadar mobil ilovada o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga to‘lanadigan to‘lovlar to‘lanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Vazirlik 14-sentabrdan boshlab mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilganligini ma’lum qildi.