O‘zbekistonda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to‘lash boshlanadi

© SS0 / Unsplash / Fitsum AdmasuBeg, illyustrativnoe foto
Beg, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarning platformadagi elektron hamoniga 3 ming so‘mdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Hukumat qarori bilan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Nizomga muvofiq, O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamoniga 3 ming so‘mdan o‘tkaziladi.
Hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxslarga har oyda:
tuman (shahar)da – 300 ming so‘m;
viloyatlar va Toshkent shahrida – 500 ming so‘m;
Respublika bo‘yicha – 1 mln so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamoniga o‘tkaziladi.
Platformada fuqarolarning yurgan qadamlari hisobi soat 00:00 dan 23:59 gacha yuritiladi. Mazkur platforma 10-maydan test rejimida, 1-iyundan boshlab to‘liq ishga tushiriladi.
Mobil ilovadan foydalanish uchun fuqarolar Google Play Market yoki AppStore internet do‘konlaridan mobil ilovani yuklab olishi hamda Android operatsion tizimida Google Fit, iOS operatsion tizimida HealthKit ilovalarini mobil qurilmalariga o‘rnatishi lozim.
Buning uchun fuqarolar id.egov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib autentifikatsiya va identifikatsiyasini amalga oshirishlari lozim.
Yangiliklar lentasi
0