https://oz.sputniknews.uz/20210917/toshkentda-yana-12-nafar-hizb-ut-tahrirchi-ushlandi-20533987.html
Toshkentda yana 12 nafar “Hizb-ut tahrirchi”* ushlandi
Toshkentda yana 12 nafar “Hizb-ut tahrirchi”* ushlandi
Sputnik O‘zbekiston
“Tahrirchilar”ning barchasi 1980 y.t. Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning g‘oyaviy ta’siri ostida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan. 17.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-17T12:22+0500
2021-09-17T12:22+0500
2021-09-17T12:32+0500
hodisalar
“hizb ut-tahrir”
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1f/20307377_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_665e1f7ac091799e4d1d75865567404e.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. 17-sentabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 nafar “Hizb-ut Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazilib, gumonlanuvchilar ushlandi va qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.Ushlangan “Tahrirchilar”ning barchasi 1980 y.t. Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning g‘oyaviy ta’siri ostida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelganlar.“R.U.” va uning jinoiy aloqalari internet ijtimoiy tarmog‘i orqali Ukraina davlatida yashirinib kelayotgan 1980-yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, “Maxmud Abdulmo‘min” taxallusli – Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich bilan aloqa o‘rnatib, uning ma’ruzalari va “Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkiloti materiallarini aholi orasida tarqatish hamda uning ko‘rsatmalari asosida “tahrirchilar” safiga yangi a’zolarni yollash bilan shug‘ullanib kelganlar. Shuningdek, ular respublikada “Xalifalik” davlatini qurish to‘g‘risidagi g‘oyalarni doimiy ravishda targ‘ib qilishgan.Mazkur shaxslarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining adabiyotlari va materiallari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.“Hurmatli fuqarolar! Ichki ishlar vazirligi Sizlarni ogohlantiradi. “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti safida faoliyat qilish, g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga “Maxmud Abdulmo‘min” taxallusi bilan yo‘g‘rilgan ma’ruza va materiallarni saqlash hamda tarqatish jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.Eslati o‘tamiz, kuni kecha Olmazor umanida yashovchi 10 nafar “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilgandi.* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
https://oz.sputniknews.uz/20210916/toshkentda-on-nafar-hizb-ut-tahrir-azolari-qolga-olindi-20514109.html
https://oz.sputniknews.uz/20210910/hizb-ut-tahrirga-azo-bolgan-29-nafar-ayol-qolga-olindi-20452784.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1f/20307377_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_22227b5de53a49e873516317f475d78b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , “hizb ut-tahrir”
hodisalar , “hizb ut-tahrir”
Toshkentda yana 12 nafar “Hizb-ut tahrirchi”* ushlandi
12:22 17.09.2021 (yangilandi: 12:32 17.09.2021) “Tahrirchilar”ning barchasi 1980 y.t. Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning g‘oyaviy ta’siri ostida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. 17 sentabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 nafar “Hizb-ut Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazilib, gumonlanuvchilar ushlandi va qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
xabar qildi.
Ushlangan “Tahrirchilar”ning barchasi 1980 y.t. Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning g‘oyaviy ta’siri ostida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelganlar.
“R.U.” va uning jinoiy aloqalari internet ijtimoiy tarmog‘i orqali Ukraina davlatida yashirinib kelayotgan 1980-yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, “Maxmud Abdulmo‘min” taxallusli – Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich bilan aloqa o‘rnatib, uning ma’ruzalari va “Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkiloti materiallarini aholi orasida tarqatish hamda uning ko‘rsatmalari asosida “tahrirchilar” safiga yangi a’zolarni yollash bilan shug‘ullanib kelganlar. Shuningdek, ular respublikada “Xalifalik” davlatini qurish to‘g‘risidagi g‘oyalarni doimiy ravishda targ‘ib qilishgan.
Mazkur shaxslarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining adabiyotlari va materiallari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Ichki ishlar vazirligi Sizlarni ogohlantiradi. “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti safida faoliyat qilish, g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga “Maxmud Abdulmo‘min” taxallusi bilan yo‘g‘rilgan ma’ruza va materiallarni saqlash hamda tarqatish jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.
Eslati o‘tamiz, kuni kecha Olmazor umanida yashovchi 10 nafar “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilgandi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.