https://oz.sputniknews.uz/20210916/mirziyoev-dushanbeda-rahmon-bilan-afgonistondagi-vaziyatni-muhokama-qildi-20525626.html
Mirziyoyev Dushanbeda Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Mirziyoyev Dushanbeda Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezidentlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi. 16.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-16T17:10+0500
2021-09-16T17:10+0500
2021-09-16T17:10+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
dushanbe
afg‘oniston
shanxay hamkorlik tashkiloti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/10/20523953_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_70dfcda280c59894f07e5a5cffd9e51f.jpg
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki mamlakat prezidentlari Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashishgan.Bundan tashqari, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini amalga oshirish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.Mirziyoyev Tojikistonning ShHTdagi sermahsul raisligi davrida erishilgan natijalarni yuksak baholadi va bo‘lajak sammit tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.Eslatib o‘tamiz, 16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasining qabul qilinishi, davlatlar rahbarlarining qarorlari va Tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir boshqa ko‘p tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. ShHTga raislik O‘zbekistonga o‘tishi sammitning muhim voqeasi bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210916/shavkat-mirziyoev-dushanbega-etib-bordi-20522791.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/10/20523953_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a45015b2ada4f0ec40358b380a32ca7d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, emomali rahmon, dushanbe, afg‘oniston, shanxay hamkorlik tashkiloti
siyosat, shavkat mirziyoyev, emomali rahmon, dushanbe, afg‘oniston, shanxay hamkorlik tashkiloti
Mirziyoyev Dushanbeda Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Prezidentlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, ikki mamlakat prezidentlari
Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashishgan.
Bundan tashqari, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini amalga oshirish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Mirziyoyev Tojikistonning ShHTdagi sermahsul raisligi davrida erishilgan natijalarni yuksak baholadi va bo‘lajak sammit tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, 16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasining qabul qilinishi, davlatlar rahbarlarining qarorlari va Tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir boshqa ko‘p tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. ShHTga raislik O‘zbekistonga o‘tishi sammitning muhim voqeasi bo‘ladi.