https://oz.sputniknews.uz/20210916/shavkat-mirziyoev-dushanbega-etib-bordi-20522791.html
Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi
Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rahbarini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 16.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-16T15:05+0500
2021-09-16T15:05+0500
2021-09-16T15:05+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
dushanbe
shanxay hamkorlik tashkiloti
kohir rasulzoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/10/20522736_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ca26e58351efdd7ebcb05b8a465fccb0.jpg
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga keldi.Davlat rahbarini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.17 sentabr kuni bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.Prezident bugunning o‘zida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining asoschi davlatlaridan biri. 2001-yilda tuzilgan mazkur tashkilotga bugungi kunda sakkizta mamlakat – Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo.O‘tgan 20-yilda tashkilot xalqaro doirada nufuzli tuzilmaga aylandi. Bugun ShHT makoni dunyo aholisining qariyb yarmini birlashtirgan, boy tabiiy resurslar, ilg‘or texnologiyalar va ulkan iste’mol bozoriga ega.O‘zbekiston ShHTga savdo-iqtisodiyot, transport va madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy xavf-xatarlar va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishning muhim vositasi sifatida qaraydi.Mamlakat tashkilot doirasidagi hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210916/mirziyoev-shhtning-20-yillik-yubiley-sammitida--ishtirok-etadi-20513225.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/10/20522736_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1643764d70dd2f7f756ed6f60af8fb0a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, dushanbe, shanxay hamkorlik tashkiloti, kohir rasulzoda
siyosat, shavkat mirziyoyev, dushanbe, shanxay hamkorlik tashkiloti, kohir rasulzoda
Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi
O‘zbekiston rahbarini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga
keldi. Davlat rahbarini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
17 sentabr kuni bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.
Prezident bugunning o‘zida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining asoschi davlatlaridan biri. 2001-yilda tuzilgan mazkur tashkilotga bugungi kunda sakkizta mamlakat – Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo.
O‘tgan 20-yilda tashkilot xalqaro doirada nufuzli tuzilmaga aylandi. Bugun ShHT makoni dunyo aholisining qariyb yarmini birlashtirgan, boy tabiiy resurslar, ilg‘or texnologiyalar va ulkan iste’mol bozoriga ega.
O‘zbekiston ShHTga savdo-iqtisodiyot, transport va madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy xavf-xatarlar va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishning muhim vositasi sifatida qaraydi.
Mamlakat tashkilot doirasidagi hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda.