Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qanday imtiyozlar beriladi?

© Pixabay/ Capri23auto Biznesmeni pojimayut drug drugu ruki
Biznesmeni pojimayut drug drugu ruki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Jumladan, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi qoplab beriladi.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor bo‘lganligi munosabati bilan mazkur soliq imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismi 2020-yil 1-oktabrgacha maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilar uchun ular reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 3-yildan 10-yilgacha muddatlarda to‘liq qo‘llaniladi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga 2021-yil 15-sentabrdan mahsulot ishlab chiqarishda va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilganda QQS va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi 7 kun ichida qoplab beriladi.
Bunda, kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra qoplangan QQS summasi asossizligi aniqlangan taqdirda, mazkur summa belgilangan tartibda undiriladi.
Biznesmen. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Tadbirkorlarning kelishib olishi osonlashadi: prezidentning yangi farmoni
Yangiliklar lentasi
0