https://oz.sputniknews.uz/20210915/tadbirkorlarning-kelishib-olishi-osonlashadi-prezidentning-yangi-farmoni-20502688.html
Tadbirkorlarning kelishib olishi osonlashadi: prezidentning yangi farmoni
Tadbirkorlarning kelishib olishi osonlashadi: prezidentning yangi farmoni
Sputnik O‘zbekiston
Jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat beriladi. 15.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-15T12:34+0500
2021-09-15T12:34+0500
2021-09-15T12:35+0500
iqtisod
o‘zbekiston
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801433_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_98b31f187079bc46243dd689355cc264.jpg
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.Farmon fuqarolik-huquqiy munosabatlarni yanada takomillashtirish, ayrim shartnomalarni tuzishda o‘rnatilgan sun’iy cheklovlarni olib tashlash, shuningdek, shartnomaviy munosabatlarda axborot tizimlaridan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.2021 yil 1-dekabrdan quyidagilar bekor qilinadi:Endi oldindan to‘lov va avans shartnoma taraflarining kelishuviga muvofiq belgilanadi.Shuningdek hujjatda jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat berilishi belgilangan.Qarz shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun hamda qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summasini undirish bo‘yicha ijro xatlarini yozib berganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdorini ikki baravar kamaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.2022 yil 1-yanvardan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn auksionda sotuvga qo‘yilgan mol-mulk uni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan auksion g‘olibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yechilgan holda topshiriladi. Bunda, mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda qarzdorlikni to‘lash majburiyati uning sobiq egasi – qarzdor zimmasida qoladi.Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat xaridlari bilan bog‘liq tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar belgilanadi.Shartnomaning tarafi va u tomonidan jalb qilingan shaxslar (yordamchi pudratchi tashkilotlar, agentlar va taraflar nazorati ostidagi boshqa shaxslar) tomonidan korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarga rioya etilmaganda, ikkinchi taraf shartnomani bir taraflama to‘xtatib turishga, bekor qilishga hamda zararni qoplab berishni talab qilishga haqli bo‘ladi.Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik to‘lanmaganda, soliq yoki bojxona organlari bankka to‘lovchining hisobvaraqlaridagi qarzdorlik summasiga teng miqdordagi pul mablag‘larini muzlatib qo‘yish va ularni o‘ttiz kalendar kunidan so‘ng undirish to‘g‘risidagi farmoyishni bu haqda to‘lovchini xabardor qilgan holda yuboradi.Elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdisi amalga oshirilayotganda va boshqa sohalarda bitimlar tuzishda "eskrou" tizimi joriy etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20191121/zbekistonda-tadbirkorlarning-kkragiga-shamol-tegadi-12844160.html
https://oz.sputniknews.uz/20210820/mirziyoev-tadbirkorlar-muammolarini-hal-qilish-boyicha-muhim-yonalishlarga-toxtaldi-20164528.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801433_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_86b2e49b8c09fe6aa718b0f99e2f05c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, tadbirkor
iqtisod, o‘zbekiston, tadbirkor
Tadbirkorlarning kelishib olishi osonlashadi: prezidentning yangi farmoni
12:34 15.09.2021 (yangilandi: 12:35 15.09.2021) Jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat beriladi.
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmonni imzoladi.
Farmon fuqarolik-huquqiy munosabatlarni yanada takomillashtirish, ayrim shartnomalarni tuzishda o‘rnatilgan sun’iy cheklovlarni olib tashlash, shuningdek, shartnomaviy munosabatlarda axborot tizimlaridan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
2021 yil 1-dekabrdan quyidagilar bekor qilinadi:
tijorat banklariga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq;
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida majburiy ravishda oldindan to‘lovni belgilashga doir talab;
qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talab.
Endi oldindan to‘lov va avans shartnoma taraflarining kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Shuningdek hujjatda jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat berilishi belgilangan.
Qarz shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun hamda qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summasini undirish bo‘yicha ijro xatlarini yozib berganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdorini ikki baravar kamaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
2022 yil 1-yanvardan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn auksionda sotuvga qo‘yilgan mol-mulk uni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan auksion g‘olibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yechilgan holda topshiriladi. Bunda, mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda qarzdorlikni to‘lash majburiyati uning sobiq egasi – qarzdor zimmasida qoladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat xaridlari bilan bog‘liq tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar belgilanadi.
Shartnomaning tarafi va u tomonidan jalb qilingan shaxslar (yordamchi pudratchi tashkilotlar, agentlar va taraflar nazorati ostidagi boshqa shaxslar) tomonidan korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarga rioya etilmaganda, ikkinchi taraf shartnomani bir taraflama to‘xtatib turishga, bekor qilishga hamda zararni qoplab berishni talab qilishga haqli bo‘ladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik to‘lanmaganda, soliq yoki bojxona organlari bankka to‘lovchining hisobvaraqlaridagi qarzdorlik summasiga teng miqdordagi pul mablag‘larini muzlatib qo‘yish va ularni o‘ttiz kalendar kunidan so‘ng undirish to‘g‘risidagi farmoyishni bu haqda to‘lovchini xabardor qilgan holda yuboradi.
Elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdisi amalga oshirilayotganda va boshqa sohalarda bitimlar tuzishda "eskrou" tizimi joriy etiladi.