KXShT mamlakatlari o‘z hududlarida afg‘on qochoqlarini joylashtirmasliklarini bildirishdi

© REUTERS / West Asia News AgencyBoysi "Talibana"* v parke razvlecheniy v Kabule
Boysi Talibana* v parke razvlecheniy v Kabule  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston rahbari KXShTga a’zo-mamlakatlar afg‘on qochoqlari va chet davlatlar harbiy bazalari masalasida umumiy qarashlarga sodiqligini tasdiqladi
TOShKENT, 16 sen - Sputnik. KXShT mamlakatlari afg‘on qochoqlari va chet el harbiy bazalarini o‘z hududlarida joylashtirish mumkin emasligi haqida bayonot qilishdi, deb xabar berdi Qozog‘iston prezidenti matbuot-xizmati.
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Tokayev payshanba kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan KXShT kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasida ishtirok etdi. U KXShTga a’zo-mamlakatlar afg‘on qochoqlari va chet davlatlar harbiy bazalari masalasida umumiy qarashlarga sodiqligini tasdiqladi va bu pozitsiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Gossekretar Soveta bezopasnosti Belarusi Stanislav Zas  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Zas: toliblarning Afg‘oniston hokimiyati tepasiga kelishi MOdagi vaziyatga ta’sir qiladi
Tokayevning aytishicha, insonparvarlik nuqtayi-nazaridan, qolaversa, afg‘on xalqiga xalqaro ko‘mak ko‘rsatilishi muhimligi jihatidan kelib chiqqan holda, Almatida hozirda BMTning Afg‘onistondagi dala missiyasi vaqtinchalik asosda joylashtirilgan.
"Bizning kuzatuvlarimizga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat jiddiy nostabillashuv tomonga qarab rivojlanmoqda, u fuqarolik urushiga olib kelishi mumkin. Yangi muvaqqat hukumat shakllantirilgan. Uning tarkibi va rejalariga jahon bo‘yicha turlicha baholar bildirildi. Toliblar yuzida yangi ma’muriyatning shakllantirilgani Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilgani va iqtisodiy taraqqiyot uchun barcha zarur sharoitlar yaralishini anglatmaydi. Bu yerda biz ilg‘amaydigan muammolar mavjud", – deya ta’kidladi Qosim-Jomart Tokayev.
Yangiliklar lentasi
0