O‘zbekistonda tadbirkorlarning ko‘kragiga shamol tegadi

© Sputnik / Ilya PitalevMujchina s portfelem v rukax
Mujchina s portfelem v rukax  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qaror bilan O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan qator talablar bekor qilinib, yangi tartiblar joriy qilinmoqda.

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Qaror bilan 2020-yil 1-yanvardan ayrim talablar bekor qilinadi:

  • tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini taraflardan birining talabi bo‘yicha notarial tasdiqlanganda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklarni tekshirib olish;
  • davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchilar tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng arizani hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mulk, uning mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotni bevosita qog‘oz ko‘rinishda taqdim etish;
  • meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik subyektlaridan to‘lov undirish.

2020 yil 1-fevraldan boshlab yangi tartib o‘rnatiladi:

  • eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi;
  • fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori vakolatli organning mazkur hujjatni berish uchun qilgan xarajatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda belgilanadi;
  • yuridik shaxslar tomonidan da’vo arizasi va uning ilovalarini javobgar hamda iqtisodiy sudga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda yuborish imkoniyati yaratiladi;

2020 yil 1-oktabrdan boshlab angi tartib:

Quvvati 140 kilovattgacha bo‘lgan elektr uskunalarini elektr tarmoqlariga ulanish “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Bu tadbirkorning xohishiga ko‘ra uning davlat xizmatlari markazlariga bergan so‘rovnomasiga asosan bajariladi.

Mablag‘lar tadbirkorlik subyektlari foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qo‘shiladigan ustamalar hisobidan bir yil davomida undirib olinadi.

Qaror bilan davlat organlariga xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqish taqiqlandi.

Qarorga ko‘ra, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan, obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan, nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi hamda bunday ishlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Bosh prokuraturaga xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, jazo muqarrarligi, jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta’minlanishi topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0