O‘zbekistonda 26-sentabr DXX xodimlari kuni etib belgilandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
Ilgari DXXning kasb bayrami 5-aprelda nishonlanar edi.
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. 26 sentabr Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunga imzo chekdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Senat avgust oxirida ushbu qonunni ma’qullangan edi. Qonunni muhokama qilish vaqtida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish Davlat xavfsizlik xizmatining tarixi aslida O‘zbekiston prezidentining 1991-yil 26-sentabrda qabul qilingan PF-265-sonli farmoniga borib taqalishi ko‘rsatishi ta’kidlangan edi.
2018 yil 2-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunda 5-aprel –mamlakat DXXning kasb bayrami etib belgilangan edi.
Qonunga ko‘ra, DXXning asosiy vazifalari O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat.
Yangi qonun qabul qilinishi natijasida 2018-yil 2-oktabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun o‘z kuchini yo‘qotdi.
Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2019
Mirziyoyev prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligini qisqartirdi
“Bugungi kunda 5-aprel sanasini Davlat xavfsizlik xizmati kuni sifatida nishonlash (Xizmatning 30-yilligi) xavfsizlik idoralarining faoliyat yuritishini hisoblashda qarama-qarshilikni keltirib chiqarmoqda. Chunki o‘tgan yillar davomida (2006, 2011 va 2016-yillar) xizmatning tantanali yubileylariga Davlat xavfsizlik xizmatining xorijiy hamkorlari taklif etilib, ularga esdalik nishonlari topshirilgan. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30-yillik bayrami nishonlanganidan so‘ng, 26-sentabr kuni Davlat xavfsizlik xizmatining 30-yilligini o‘tkazish mantiqan to‘g‘ri hisoblanadi”, - deyilgandi Senat xabarida.
Yangiliklar lentasi
0