Mirziyoyev prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligini qisqartirdi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prokuratura va DXX xodimlarini ma’muriy javobgarlikka tortish uchun yuqori turuvchi rahbar roziligi talab qilinmaydi. Mirziyoyev ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat “Xalq so‘zi” nashrida 25-dekabr kuni e’lon qilindi va shu kundan qonuniy kuchga kirdi.

“Prokuratura” to‘g‘risidagi qonunning 49-moddasidagi (Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi)  prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi degan band chiqarib tashlangan.

“Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 37-moddasidan (DXX harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari)  DXX harbiy xizmatchisi tegishincha Qoraqalpog‘iston, viloyat va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas degan band chiqarib tashlangan.

Yangiliklar lentasi
0