https://oz.sputniknews.uz/20210915/mirziyoev-xalqaro-moliya-korporatsiyasi-delegatsiyasi-bilan-uchrashdi---tafsilotlar-20496435.html
Mirziyoyev Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi - tafsilotlar
Mirziyoyev Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi - tafsilotlar
Muzokaralar chogʻida sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalaridagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish va jarayonlarni... 15.09.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-09-15T08:22+0500
2021-09-15T08:22+0500
2021-09-15T08:24+0500
siyosat
oʻzbekiston
jahon banki
moliyalashtirish
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/19/18888771_0:97:1280:817_1920x0_80_0_0_2b42b26557af882372d58ccc27f10ca4.jpg
TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 sentyabr kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Uchrashuv avvalida davlat rahbari tarkibida XMK ham faoliyat koʻrsatuvchi Jahon banki guruhi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanayotgani va strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi.Ochiq va konstruktiv muloqot, hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga oʻzaro intilishi tufayli Oʻzbekistonda Jahon banki ishtirokidagi qoʻshma loyihalarning portfeli 5 milliard dollarga yetgan hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotining barcha ustuvor sohalari va tarmoqlarini qamrab olgan.2016 yilda respublikada XMK faoliyati qayta tiklandi. Oʻtgan davrda Korporatsiya amaliyotlarining hajmi uch barobar ortib, qariyb 200 million dollarni tashkil etdi.Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, transport sohasini modernizatsiya qilish, bank sektorini transformatsiya qilish, mikromoliyalash institutlarini isloh qilish, toʻqimachilik tarmogʻiga xalqaro standartlarni joriy etish va boshqa yoʻnalishlarda muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.Muzokaralar chogʻida sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalaridagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish va jarayonlarni raqamlashtirishga doir dastur va loyihalarda XMKning ishtirokini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.Bundan tashqari, tadbirkorlik sohasida, biznesni moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini, davlat korxonalarini xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirishdagi ilgʻor tajribani joriy etish borasida hamkorlik qilish, shuningdek, Oʻzbekistonda "yashil texnologiyalar"ni tatbiq etish, shu jumladan energetika va qishloq xoʻjaligidagi innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash muhim ekani taʼkidlandi.Qoʻshma "yoʻl xarita"sini tayyorlash va muntazam ekspertlik uchrashuvlarini oʻtkazishga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20201221/ITB-zbekistonda-5092-mln-dollarlik-loyialarni-moliyalashtirishni-maulladi-15638582.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/19/18888771_107:81:1136:853_1920x0_80_0_0_786da4280f8a2cb89e78938154294788.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, jahon banki, moliyalashtirish
oʻzbekiston, jahon banki, moliyalashtirish
Mirziyoyev Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi - tafsilotlar
08:22 15.09.2021 (yangilandi: 08:24 15.09.2021) Muzokaralar chogʻida sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalaridagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish va jarayonlarni raqamlashtirishga doir dastur va loyihalarda XMKning ishtirokini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 sentyabr kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Uchrashuv avvalida davlat rahbari tarkibida XMK ham faoliyat koʻrsatuvchi Jahon banki guruhi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanayotgani va strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi.
Ochiq va konstruktiv muloqot, hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga oʻzaro intilishi tufayli Oʻzbekistonda Jahon banki ishtirokidagi qoʻshma loyihalarning portfeli 5 milliard dollarga yetgan hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotining barcha ustuvor sohalari va tarmoqlarini qamrab olgan.
2016 yilda respublikada XMK faoliyati qayta tiklandi. Oʻtgan davrda Korporatsiya amaliyotlarining hajmi uch barobar ortib, qariyb 200 million dollarni tashkil etdi.
Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, transport sohasini modernizatsiya qilish, bank sektorini transformatsiya qilish, mikromoliyalash institutlarini isloh qilish, toʻqimachilik tarmogʻiga xalqaro standartlarni joriy etish va boshqa yoʻnalishlarda muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
Muzokaralar chogʻida sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalaridagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish va jarayonlarni raqamlashtirishga doir dastur va loyihalarda XMKning ishtirokini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik sohasida, biznesni moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini, davlat korxonalarini xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirishdagi ilgʻor tajribani joriy etish borasida hamkorlik qilish, shuningdek, Oʻzbekistonda "yashil texnologiyalar"ni tatbiq etish, shu jumladan energetika va qishloq xoʻjaligidagi innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash muhim ekani taʼkidlandi.
Qoʻshma "yoʻl xarita"sini tayyorlash va muntazam ekspertlik uchrashuvlarini oʻtkazishga kelishib olindi.