O‘zbekiston prezidenti lavozimi uchun kimlar kurashishi aniq bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Obuna bo‘lish
MSK yana uchta siyosiy partiya - XDP, “Adolat”, O‘zLiDeP, nomzodlarini O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi. Mazkur siyosiy partiyalar tegishli hujjatlar va nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etishgan.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimovni, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi. Bu haqda MSKning navbatdagi majlisi ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 9-10 sentabr kuni mazkur siyosiy partiyalar tomonidan tegishli hujjatlar va mamlakat prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etilgan. Ekspert guruhining xulosasiga asosan taqdim etilgan imzo varaqalari nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun yetarli miqdorda to‘plangan va qonun talablariga mos keladi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisovani qo‘llab-quvvatlovchi jami 225 mingdan ortiq saylovchining imzosi to‘plangan.
O‘zbekiston “Adolat” Sotsial demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abduhalimovni qo‘llab-quvvatlovchi jami 213 mingdan ortiq saylovchining imzosi to‘plangan.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlovchi jami 300 mingdan ziyod saylovchining imzosi to‘plangan.
Golosovanie na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soni ochiqlandi
Nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda tegishli saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni nomzodning familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashg‘ulotining turini), ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyani ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPoliticheskim partiyam vidani razresheniya na registratsiyu kandidatov v prezidenti Uzbekistana
Politicheskim partiyam vidani razresheniya na registratsiyu kandidatov v prezidenti Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Politicheskim partiyam vidani razresheniya na registratsiyu kandidatov v prezidenti Uzbekistana
11 sentabr kuni MSK Milliy tiklanish partiyasidan Alisher Qodirovni hamda Ekologik partiyadan Narzulla Oblomuradovni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olgan edi. Shu tariqa bu yilgi prezident saylovlarida kimlar etishi aniq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi O‘zbekiston prezidenti saylov 2021-yilning 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovga 40 kun qoldi.
Yangiliklar lentasi
0