https://oz.sputniknews.uz/20210906/saylovchilarning-yagona-elektron-royxatiga-kiritilgan-fuqarolar-soni-ochiqlandi-20385054.html
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soni ochiqlandi
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soni ochiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga 21,2 million kishi kiritilgan. 06.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-06T17:20+0500
2021-09-06T17:20+0500
2021-09-06T17:20+0500
siyosat
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
markaziy saylov komissiyasi
zayniddin nizamxodjayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1307/59/13075958_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_9e36a7353959c7638dabe38e8857fcc3.jpg
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. O‘zbekistonda bu yilgi prezident saylovilarida qatnashish uchun saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soni 21,2 million nafarni tashkil qiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ma’lum qildi.MSK raisining so‘zlariga ko‘ra, saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.Nizomxo‘jayev 12-sentabrgacha okrug saylov komissiyalari qarorlariga asosan uchastka saylov komissiyalari tuzilishi va 14-sentabrgacha matbuotda e’lon qilinishi zarurligini eslatdi.Bundan tashqari, 17-sentabrgacha uchastka saylov komissiyalari tomonidan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida (SAERda) taqsimlangan saylovchilarning dastlabki ro‘yxati olinishi shart.Eslatib o‘tamiz, bu yilgi O‘zbekiston prezidenti saylovlari joriy yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210906/maqsuda-vorisova-prezidentlikka-nomzod-sifatida-tasdiqlandi-20380454.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1307/59/13075958_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4bfae0fb4699506475247c876c432d0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, markaziy saylov komissiyasi , zayniddin nizamxodjayev
siyosat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, markaziy saylov komissiyasi , zayniddin nizamxodjayev
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soni ochiqlandi
O‘zbekistonda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga 21,2 million kishi kiritilgan.
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. O‘zbekistonda bu yilgi prezident saylovilarida qatnashish uchun saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soni 21,2 million nafarni tashkil qiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev
ma’lum qildi. “Joriy yilda Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan 21 249 921 nafar saylovchidan 6 993 924 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etadi. Shulardan 880 155 nafari bu yil ilk marotaba o‘zining saylov huquqidan foydalanadi”, - dedi u MSKning navbatdagi majlisi davomida.
MSK raisining so‘zlariga ko‘ra, saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Nizomxo‘jayev 12-sentabrgacha okrug saylov komissiyalari qarorlariga asosan uchastka saylov komissiyalari tuzilishi va 14-sentabrgacha matbuotda e’lon qilinishi zarurligini eslatdi.
Bundan tashqari, 17-sentabrgacha uchastka saylov komissiyalari tomonidan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida (SAERda) taqsimlangan saylovchilarning dastlabki ro‘yxati olinishi shart.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi O‘zbekiston prezidenti saylovlari joriy yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.